«KazMunayGaz» (KMG) milliy neft-gaz kompaniyasi Rossiya neftini O‘zbekistonga etkizib berishga tayyor, deb xabar bermoqda Sputnik nashri.
Vazir aytishiga qaraganda, Rossiya nefti Chimkentgacha quvur orqali etkizib beriladi, undan keyin esa neft quyadigan estakada yordamida, vagon-sisternalarga quyilib O‘zbekistonga olib boriladi.
"Hozir O‘zbekistonga o‘tgan quvur ishlamaydi. U eskirgan va to‘xtatib qo‘yilgan, shuning uchun hozir faqat neft quyish estakadasi orqali vagon-sisternalar bilan etkizib berish mumkin. Omskdan Pavlodar viloyatigacha kelgan neft quvurining quvvati 1 mln tonnagacha. Biz shuncha neft etkizib berishimiz mumkin", — deb izoh berdi Bozumbaev.
Energetika vaziri aytishiga qaraganda, agar O‘zbekiston tomoniga katta hajmda neft kerak bo‘lsa Qozog‘iston neft quvurini qayta tiklash imkoniyatini ko‘rib chiqishi ham mumkin.
"Agar O‘zbekistonga ko‘proq neft kerak bo‘lsa, neft quvurini tiklashga to‘g‘ri keladi. Unday holda O‘zbekiston kafolatlangan hajmlarda neft olishi kerak bo‘ladi", — dedi vazir.
O‘zbekistonga Qozog‘iston hududi orqali Rossiya neftini etkizib berishga doir shartnomalar Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga bo‘lib o‘tayotgan tashrifi davomida imzolanishi rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi