date

Neft narxi 150 dollargacha chiqishi mumkin: benzin qimmatlashadimi?

Neft narxi 150 dollargacha chiqishi mumkin: benzin qimmatlashadimi?

Qatar energetika vazirining so‘zlariga ko‘ra, agar ko‘proq mamlakatlar neft eksportini to‘xtatsa, neft narxi 150 dollargacha ko‘tarilishi mumkin. Bu haqida Financial Times nashri xabar berdi.

Dunyo tarixdagi eng katta ta’minot yo‘qotishiga duch kelmoqda: Hormuz bo‘g‘ozi orqali hozirgi transport oqimi (90% pasayish) bilan bozor oyiga taxminan 600 million barrel yo‘qotishni boshlashi mumkin.

Shu sharoitda AQSH Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yumshatishga majbur bo‘ldi va Hindiston neftni qayta ishlash zavodlariga aprel oyining boshigacha suzuvchi omborlardan Rossiya neftini sotib olishga ruxsat berdi.

Hozircha O‘zbekistonga bu jarayonlar ta’sir qilmaydi. Lekin keyinchalik bozorlarimizga o‘z ta’sirini o‘tkazishi mumkin. Masalan, birinchi navbatda benzin narxi ko‘tarilishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Neft narxi 150 dollargacha chiqishi mumkin: benzin qimmatlashadimi?