O‘zbekistonda To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari bo‘yicha agentlik tuziladimi?

Iqtisodiyot2 daqiqa o'qish1.7K
O‘zbekistonda To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari bo‘yicha agentlik tuziladimi?
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Adliya vazirligi huzurida To'lovga qobiliyatsizlik ishlari bo'yicha agentlik tashkil etilishi nazarda tutilmoqda.
  • Moliyaviy ahvoli og'irlashgan 93 mingta tadbirkorning faqat 10 mingtasi bo'yicha ish qo'zg'atilgan, so'nggi besh yilda esa 68 ta korxonaga sanatsiya qo'llanilib, ulardan faqat 7 tasining faoliyati tiklangan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda to‘lovga qobiliyatsizlik institutini mukammallashtirish va moliyaviy ahvoli og‘irlashgan tadbirkorlik subyektlarini o‘z vaqtida qo‘llab-quvvatlash borasida yangi yo‘nalishlar bilan tanishdi. Bu boradagi tadbirlarda xususiy biznesni rivojlantirish, ishbilarmonlar uchun qulay muhit yaratish va ularning faoliyatini barqarorlashtirish bo‘yicha izchil strategiyalar taʼkidlandi.

Maʼlum bo‘lishicha, yurtimizda 300 mingdan ortiq yakka tartibdagi tadbirkorlar va 5,5 million o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar faoliyat yuritmoqda. Xususiy sektorning iqtisodiyotdagi hissasi so‘nggi besh yilda 45 foizdan 58 foizga o‘sdi. Joriy yilda kichik va o‘rta biznesga 140 trillion so‘m kredit ajratilishi, banklar tomonidan jalb qilingan 8 milliard dollarlik tashqi resurslarni mahalliy tadbirkorlikka yo‘naltirish, shuningdek, ishlab chiqarish, savdo va xizmatlar infratuzilmasini yaxshilash uchun hududlarga 20 trillion so‘m mablag‘ ajratilishi belgilandi.

Shu bilan birga, hali ham moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan korxonalarni erta bosqichda qo‘llab-quvvatlash masalasi yechimini kutayotganini ko‘rsatdi. Ayniqsa, faoliyat ko‘rsatmaydigan yoki faoliyati tugatilgan kichik korxonalar sonining ortishi, amaldagi tizim ko‘proq korxonani rasmiy tugatishga yo‘naltirilganligini namoyish etmoqda.

Taʼkidlanganidek, to‘lovga qobiliyatsizlik taomillari yetarli darajada qo‘llanilmayapti: moliyaviy ahvoli og‘irlashgan 93 mingta tadbirkorning faqat 10 mingtasi bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan. Sudgacha va sud sanatsiyasi tizimi samarali ishlamayapti, so‘nggi besh yilda atigi 68 ta korxonaga sanatsiya qo‘llanilib, faqat 7 tasining faoliyati tiklangan. Sud boshqaruvchilari faoliyatida ish muddatlari buzilishi, asossiz xulosalar va soxta bankrotlik alomatlarini o‘z vaqtida tekshirmaslik holatlari uchrab turishi qayd etildi.

Yangi institutsional yondashuvlar taklif etildi: Adliya vazirligi huzurida To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari bo‘yicha agentlik tashkil etilishi, sud boshqaruvchilari faoliyatini muvofiqlashtirish va ularning malakasini oshirish uchun Palata yaratilishi nazarda tutilmoqda. Shuningdek, kichik va o‘rta tadbirkorlar uchun past foizli kredit liniyalari, kreditlarni sanatsiya qilish va moliyaviy tiklash mexanizmlari joriy etilishi belgilandi.

Taʼkidlanishicha, to‘lovga qobiliyatsizlik jarayonlarini raqamlashtirish muhim ahamiyatga ega. Elektron platforma orqali barcha arizalar, korxonalar va sud boshqaruvchilari reyestri yuritiladi, jarayonlar ommaviy axborot uchun ochiq qilinadi va monitoring tezlashtiriladi.

Prezidentning taʼkidicha, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashda yangi korxonalar tashkil etish bilan cheklanmasdan, mavjud biznesni saqlab qolish, vaqtincha qiyinchilikka tushgan korxonalarga o‘z vaqtida yordam berish, ularni iqtisodiy faollikka qaytarish muhimdir. Topshiriqlar to‘liq bajarilsa, sohada samarali boshqaruv va raqamli yechimlar orqali barqarorlik taʼminlanadi.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?