Nizomiy universiteti kampusi 886,6 mlrd so‘mga savdoga qo‘yildi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Chilonzor tumanidagi asosiy kampusi xususiylashtirish maqsadida savdoga chiqarildi. Umumiy maydoni 5,64 gektarni tashkil etuvchi mazkur obyekt «E-auksion» elektron platformasi orqali sotuvga qo'yildi va uning boshlang'ich narxi 886,6 mlrd so'm etib belgilandi.
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Chilonzor tumanida joylashgan asosiy kampusi xususiylashtirish uchun savdoga qo‘yildi. Obyekt «E-auksion» elektron platformasi orqali sotiladi.
Kampusning umumiy maydoni 5,64 gektarni tashkil etadi. Uning boshlang‘ich narxi 886,6 mlrd so‘m etib belgilangan.
Auksion g‘olibi uchun alohida shart ham qo‘yilgan. Xaridor kampus negizida nodavlat ta’lim muassasasi tashkil etishi va obyektning ta’lim sohasidagi faoliyat yo‘nalishini saqlab qolishi kerak.


























Izohlar 0
…