Soliq qo‘mitasi bank siriga oid xavotirlarga javob berdi

Soliq qo‘mitasi bank siriga oid xavotirlarga javob berdi

Bank ma’lumotlarini soliq organlariga taqdim etish tartibi haqidagi qaror loyihasi atrofidagi tanqidlarga Soliq qo‘mitasi munosabat bildirdi.

Rasmiy izohda aytilishicha, loyiha orqali yangi huquq yoki vakolat joriy etilmaydi. Bank siriga oid amaldagi talablar ham o‘z kuchida qoladi. Hujjatning asosiy vazifasi banklar bilan ma’lumot almashish jarayonini aniq tartibga solishdan iborat.

Qo‘mita mazkur vakolatlar Soliq kodeksining 134-moddasi va «Bank siri to‘g‘risida»gi qonun bilan belgilanganini qayd etdi. Ma’lumotlar faqat soliqqa tortish masalalari yuzasidan so‘ralishi va taqdim qilinishi mumkin.

Banklardan olingan axborot soliq siri sifatida himoya qilinadi. Uni tarqatish, oshkor etish yoki boshqa shaxslarga berishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Qaror loyihasida axborot yuborish muddatlari, hujjat shakllari va elektron ma’lumot almashish tartibini bir xillashtirish nazarda tutilgan. Qo‘mita bu choralar soliq nazorati uchun zarur ma’lumotlarni olish jarayonini tartibga solishini bildirdi.

Shuningdek, ushbu yondashuv Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti hamda Shaffoflik bo‘yicha global forumning xalqaro standartlariga muvofiq ekani aytildi.

Soliq qo‘mitasi fuqarolar va ekspertlarni konstruktiv muhokamaga chaqirdi. Loyiha bo‘yicha 8 iyulgacha yuborilgan barcha fikr va takliflar muhokama muddati yakunlanguniga qadar o‘rganib chiqiladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar