O‘zbekistonda gaz qazib olish 14 foizga kamaydi

2026 yilning yanvar–may oylarida O‘zbekistonda asosiy energoresurslarni qazib olish hajmi kamaydi. Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, tabiiy gaz ishlab chiqarish 15,8 milliard kub metrni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich 2025 yilning shu davridagi 18,4 milliard kub metrga nisbatan 14 foiz kam. 2024 yil yanvar–may oylarida esa mamlakatda 18,9 milliard kub metr gaz qazib olingan edi.
Besh oylik davrda asosiy xomashyolar bo‘yicha natijalar quyidagicha bo‘lgan:
• Tabiiy gaz — 15,8 milliard kub metr
• Neft — 261,9 ming tonna
• Gaz kondensati — 391,7 ming tonna
• Ko‘mir — 1,6 million tonna
Neft qazib olish hajmi uchinchi yil ketma-ket pasaygan. Gaz kondensati ishlab chiqarish 2025 yilga nisbatan 18 foizga kamaygan.
Ko‘mir qazib olishda ham sezilarli tushish kuzatildi. 2025 yilning yanvar–may oylarida 2,5 million tonna ko‘mir olingan bo‘lsa, joriy yilda bu raqam 1,6 million tonnani tashkil etgan.
Shu bilan birga, neft mahsulotlarini qayta ishlashda o‘sish qayd etilgan. Dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarish 476,4 ming tonnaga yetgan va bu ko‘rsatkich so‘nggi uch yil davomida izchil o‘sib bormoqda.
Avtomobil benzini ishlab chiqarish 502,2 ming tonnani tashkil qilgan. Bu 2025 yilgi natijadan yuqori, ammo 2024 yil darajasiga nisbatan 11 foiz kam.




























Izohlar 0
…