O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi besh oyda 32,8 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi besh oyda 32,8 mlrd dollarga yetdi

2026 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 32,8 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,7 foizga ko‘p.

Hisobot davrida eksport hajmi 12,6 mlrd dollarni tashkil qilib, 15,5 foizga kamaygan. Import esa 20,1 mlrd dollarga yetgan va bir yil avvalgi ko‘rsatkichga nisbatan 20,8 foizga oshgan.

Oltinni hisobga olmaganda, tovarlar eksporti 6,5 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu 2025 yilning yanvar-may oylariga nisbatan 29,4 foizga ko‘p.

Yilning dastlabki besh oyida O‘zbekiston dunyoning 185 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan.

Tashqi savdo aylanmasida eng katta ulush Xitoy hissasiga to‘g‘ri keldi — 23,4 foiz. Keyingi o‘rinlarda Rossiya 17,6 foiz, Qozog‘iston 6,9 foiz, Turkiya 3,7 foiz va Afg‘oniston 2,8 foiz bilan qayd etildi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar