MIB: Garovdagi maxsus texnikalar kredit qarzi sababli xatlandi

MIB: Garovdagi maxsus texnikalar kredit qarzi sababli xatlandi

Kredit mablag‘larini to‘g‘ri maqsadda ishlatish va belgilangan muddatlarda qaytarish har bir qarzdorning qonuniy burchidir.

Aks holda, banklar sudga murojaat qilish, sud esa ishni majburiy ijro organlariga yuborish orqali qarzni qaytarish choralarini ko‘radi. Ijro jarayonida esa ko‘p hollarda mulk xatlanadi va savdoga qo‘yiladi.

Qarzdor korxonadan Biznesni rivojlantirish banki foydasiga 1 mlrd. 812 mln. so‘m kredit qarzini undirish to‘g‘risidagi sud qarori ijrosi Majburiy ijro byurosining Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan olib borilgan.

Qarzdorlik ixtiyoriy ravishda bartaraf etilmaganligi bois, majburiy ijro xarakatlariga kirishilib, garovga qo‘yilgan maxsus texnika “VOLVO” rusumli 2 ta ekskavator xatlanib, jarima maydoniga joylashtirildi.

Mazkur xatlangan mulklarni auksion savdosiga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar