Dunyodagi eng mashhur kriptovalyuta yana bir bor o‘zining yetakchi ekanligini isbotlamoqda: uning narxi birinchi bor 4600 dollardan oshdi. Bu haqda «Hi-tech.mail.ru»ga tayanib «Daryo» nashri yozmoqda.
Joriy yilning avgust oyi boshida bitkoin narxi 2700 dollar edi. Kriptovalyutaning «oddiy» bitkoin hamda Bitcoin Cash’ga ajralishi uning narxini ko‘tarilishiga olib keldi. Oy oxiriga borib kriptovalyuta o‘zining rekord ko‘rsatgichiga 4600 dollarga chiqib, 40 foizga ko‘tarildi.
Bitkoin kursi doimiy ravishda o‘zgarib turmoqda va ushbu ma’lumot e’lon qilinganida uning narxi 4550 dollarga tushdi. Biroq 1 avgustdan beri kriptovalyuta narxida keskin pasayish kuzatilmadi — odatda kuniga 5 foizdan kam bo‘lmadi.
Bitkoinning ikkinchi qismi — Bitcoin Cash’ning taqdiri esa ayanchli. Foydalanuvchilarning ko‘p qismi yangi kriptovalyutaga o‘tishni istashmadi va bu uning barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bir hafta oldin uning kursi 900 dollarni tashkil etgan bo‘lsa, hozirda deyarli 580 dollarga teng. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda