20:33 / 14.09.2017
5 632

Eksportchilar o‘z valyuta mablag‘larini erkin tasarruf qilish huquqiga ega

Eksportchilar o‘z valyuta mablag‘larini erkin tasarruf qilish huquqiga ega
Eksportchilar eksportdan kelib tushgan o‘z valyuta mablag‘larini erkin tasarruf etish va hech qanday to‘siqlarsiz xalqaro to‘lovlarni amalga oshirish, tovarlar importi uchun sarflash yoki milliy valyutadagi xarajatlarni amalga oshirish uchun xizmat ko‘rsatuvchi bankka yoki valyuta birjasida (bank orqali) sotish huquqiga ega. KUN.UZ muxbiri Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Temur Ishmetovning bayonotiga asoslanib, shu haqida ma’lum qildi.

"Eksportchilarni qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatiga kiradi. Oxirgi farmonda majburiy to‘lov degan narsaning o‘zi yo‘q. Milliy valyutaga ehtiyoj tug‘ilsa, bankda almashtiradi", - dedi mutaxassis.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi 5177–sonli “Valyuta siyosatini erkinlashtirishning ustuvor chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonini e’lon qilindi. Natijada 2017 yilning 5 sentyabridan boshlab barcha tadbirkorlik sub’ektlari eksport qilinayotgan tovarlar turi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning mulkchilik shaklidan qat’i nazar, eksport amaliyotlari bo‘yicha kelib tushgan xorijiy valyutadagi tushumni majburiy tartibda sotishlariga qo‘yilgan talab bekor qilindi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Eksportchilar o‘z valyuta mablag‘larini erkin tasarruf qilish huquqiga ega