O‘zbekistonda birinchi startap akseleratori ishga tushiriladi

O‘zbekistonda birinchi startap akseleratori ishga tushiriladi
O‘zbekistonda birinchi startap akseleratori ishga tushiriladi

O‘zbekistonda birinchi startap akseleratoriIdeaLab ishga tushiriladi. Loyiha iqtidorli yoshlarga IT-startaplarni amalga oshirishda yordam berishga qaratilgan.

Loyiha doirasida IdeaLab dasturi startaplar bilan uch turda ishlaydi. Har bir tur uchun tanlov asosida 10ta g‘oya tanlab olinadi, ular texnologik biznesga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Bir oy mobaynida ishtirokchilar soha mutaxassislari bilan maslahatlashish va g‘oyalarini sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

“Ishtirokchilar loyihalarini Lean Startup metodologiyasi bo‘yicha sinab ko‘rishadi. Jamoa shakllantira olgan qatnashchilarda o‘z mahsulotini yaratib, iste’molchilar bilan teskari aloqa o‘rnatish imkoni tug‘iladi”, – dedi Startup Innovation Group rahbari Elena Selezneva.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar