Kickstarter’da oddiy oshpichoq 700 ming dollar to‘pladi

1 daqiqa o'qish7.2K
Kickstarter’da oddiy oshpichoq 700 ming dollar to‘pladi
Kickstarter’da oddiy oshpichoq 700 ming dollar to‘pladi

22 sentyabr kuni Bruklinda tashkil etilgan Misen kompaniyasi oshpichoq ishlab chiqarishni moliyalashtirish uchun pul to‘plash kampaniyasini boshlab yubordi. Kickstarter resursida joylashtirilgan axborotga ko‘ra, bu pichoqning hech qanday o‘ziga xos jihatlari yo‘q. Kompaniya vakillari shunchaki uning sifati ko‘tarilib, narxi pasayishini va’da qildilar, deb yozmoqda Kun.uz sayti.

Shunga qaramay, ushbu loyiha qisqa muddatda 700 ming dollar to‘play oldi.
Misen asoschisi Umar Rada FreshDirect oziq-ovqat mahsulotlari distribyutori strukturasida besh yil davomida turli lavozimlarda, jumladan, prezident o‘rinbosari sifatida ishlagan. U bilan bir qatorda, korxona hammuassislari sifatida sanoat dizayneri Piter Myuller va Josh Mozes ko‘rsatildi.

Misen pichoqlari bir qancha ustun taraflarga ega, ammo ularni innovatsion yechimlar deb bo‘lmaydi. Chiroyli, baquvvat va sifatli oshpichoqning plastikdan bo‘lgan dastasi bir qancha rang variantlariga ega. Bundan tashqari, kompaniya xaridorlarga pichoqni charxlab berishdan iborat bir umrlik servis taklif qilmoqda.
Pichoqning narxi 56 dollarni tashkil qiladi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?