O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar bo‘yicha davlat qo‘mitasi 2017 yilda o‘nta oltin qazib olinuvchi konlar hududlarini o‘zlashtirish istiqbollarini o‘rganish uchun to‘rtta xorijiy kompaniyani jalb etdi, deb xabar berdi Kun.uz nashri.
Bu haqda u Toshkentda bo‘lib o‘tgan Uzgeoinvest-2017 xalqaro konferensiyasi davomida ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u Kanadaning B2Gold, Britaniyaning NordGold, Turkiyaning TUMAD va Janubiy Koreyaning Shindong Resources’si bilan shunday shartnomalarni imzolagan.
Qo‘mita rahbari taklif etilgan hududlardagi oltinning ehtimoliy zaxiralarini ma’lum qilmadi, biroq, ularning tadqiqotlari uchun jami investitsiyalar miqdori taxminan 8 mln dollarni tashkil qilishi mumkinligini aytib o‘tgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ikki yilga mo‘ljallangan shartnomalar bo‘lib, undan so‘ng investorlar o‘z tadqiqotlari asosida loyihaning keyingi bosqichlari - konlarni o‘zlashtirish, qazib oluvchi va qayta ishlash quvvatlarini qurish haqida qaror qabul qilishi kerak.
«Investorlar dastlabki tadqiqotlarni litsenziyasiz o‘tkazishi mumkin, bu texnologiyalar va xorijiy kompaniyalarni jalb qilish bo‘yicha ishlarni tezlashtiradi», - deya ta’kidlab o‘tgan Islomov.
Davlat qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston hukumati qimmatbaho metallar bo‘yicha 31 ta istiqbolli hudud va 12 ta kondan iborat ro‘yxatni tasdiqladi. Zaxiralar bo‘yicha prognoz - 151 tonna oltin va 1,2 ming tonna kumush. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»