Rossiya banklari valyuta ayirboshlashni to‘xtatib qo‘ydi


Rossiya banklari naqd va naqd bo‘lmagan valyuta ayirboshni to‘xtatmoqda, Bu haqda “Gazeta.ru”ga asoslanib “Kun.uz” xabar bermoqda.
Bu avvalambor mizojlarning foydasini ko‘zlab qilinmoqda. “Kurs bunchalik pasayganidan so‘ng qachondir o‘zini tiklashi kerak. Evro 100 rublga teng bo‘lishi mumkin emas. Biz vaziyatni o‘rganib chiqmoqdamiz. Biroq kursning bunday beqarorligi yana bir necha kun davom etishi kutilmoqda”, – deydi yirik banklardan birining xodimi.
Kunning birinchi yarmida banklar valyutani sotib olish hamda sotish o‘rtasidagi doimiy 50 tiyinlik farqni 10-15 rublga oshirdi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling


























Izohlar 0
…