21:36 / 09.04.2018
4 855

AQSh sanksiyalari Rossiya birjalarini qulatmoqda

AQSh sanksiyalari Rossiya birjalarini qulatmoqda
Moskva birjasi indeksi 9,4 foizga, RTS indeksi 11,5 foizga pastladi.
Foto: «ria.ru»

AQSh joriy etgan sanksiyalar Rossiya birjalarida haqiqiy sarosima keltirib chiqardi. Bugun, 9 aprel kuni Moskva vaqti bilan soat 13:10 da Moskva birjasi indeksi 9,4 foizga, RTS indeksi 11,5 foizga pastladi.

Birjalar indeksi bilan birga rublning qadri ham tushib bormoqda. Soat 13:30 da yevro bahosi 2016 yilning sentyabridan buyon ilk bor 73 rubldan oshdi. Dollar qiymati esa 59,5 rublga chiqdi. 2017 yilning noyabrida dollar 60 rublga baholangandi.

«Xabar.uz» saytining «Bloomberg» agentligi ma’lumotlariga asoslanib yozishicha, aksiyalar bahosining bu qadar keskin tushishi so‘nggi ikki yilda ilk bor kuzatilmoqda.

Arzonlashish bo‘yicha yetakchilar kutilganidek sanksiyalar ro‘yxatiga tushgan kompaniyalar bo‘ldi. Xususan, Oleg Deripaskaning «Rusal» kompaniyasi aksiyalari bahosi savdolar boshida 46,9 foizga, kun davomida 27-30 foizga pastladi.

Buning ortidan Deripaskaning boyligi kun sayin kamayib bormoqda. Birgina 6 aprel kuni rossiyalik milliarder bir milliard dollardan ko‘proq «kambag‘allashdi».

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » AQSh sanksiyalari Rossiya birjalarini qulatmoqda