4 061
Qozog‘iston kuzdan boshlab O‘zbekistonga benzin eksport qilishni rejalashtirayapti
Qozog‘istondan kuzdan boshlab O‘zbekistonga benzin eksport qilishni rejalashtiryapti. Qolaversa, Tojikiston va Qirg‘izistonga shu muddatdan boshlab yoqilg‘i sotiladi.
Bu haqida “Vlast” manbasi “KazMunayGaz” milliy kompaniyasi boshqaruvi raisi o‘rinbosari Daniyar Tiyesov ma’lumotiga asoslanib xabar berdi. Uning aytishicha, ayni paytda Qozog‘istonda ma’lum miqdorda benzin profitsiti paydo bo‘lgan. Lekin qo‘shnilarga yetkazib berish hukumatlararo bitimdan so‘ng boshlanadi. Bunga esa ma’lum vaqt ketadi. Yil oxirigicha Qozog‘iston 300-400 ming tonna benzin eksport qilishi mumkin.
“Bugungi kunda, agar zavodlarning ishlab chiqarish hajmlari belgilangan rejalarga to‘g‘ri kelsa, biz 1-1,2 million tonna benzin yetkazib bera olamiz”, - deydi Tiyesov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston o‘zining yuqori oktanli benzinga bo‘lgan hozirgi ehtiyojlarini qoplagani holda, bu turdagi yoqilg‘i importchisidan eksportchisiga aylandi.
Tiyesov qozoq benzini Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston bozorida Rossiyadan keltiriladigan muqobiliga raqobatbardosh ekanligini aytgan.
Qozog‘istondagi Pavlodar va Atirau neftni qayta ishlash zavodlari modernizatsiya qilinishi tufayli mamlakatning avtomobil yoqilg‘isi importiga bo‘lgan tashqi bog‘liqligi kamaygan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi