
Jahon banki O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 500 million AQSH dollari miqdorida kredit ajratdi. Bu haqda “Xabar” nashri xabar bermoqda.
Moliyaviy ko‘mak O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotini muvaffaqiyatli yuritish imkonini berishi barobarida, yangi ish joylari yaratishga asos bo‘ladi.
Jahon banki raisining muovini Kirill Myullerning ta’kidlashicha, ayni paytda O‘zbekiston iqtisodiy jihatdan tarixiy burilish pallasida. Ajratilgan kredit muhim ijtimoiy, iqtisodiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi.
“Ajratilgan kredit O‘zbekistonda xususiy sektorga sarmoya kiritishda qo‘l keladi”, – degan Jahon bankining Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha direktori Liliya Burunchuk.
Jahon banki O‘zbekistonda dehqonchilik, energiya, transport, sog‘liqni saqlash, ta’lim, toza suv kabi jami 2,8 milliard dollar qiymatidagi 17 ta loyihani moliyalashtirayapti. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar