15:20 / 11.07.2018
3 999

Kelayotgan 10 yilda bitkoinlar va kriptovalyutalar taqdiri qanday bo‘ladi?

Kelayotgan 10 yilda bitkoinlar va kriptovalyutalar taqdiri qanday bo‘ladi?
Kelayotgan o‘n yilda bitkoinlar va kriptovalyutalar tovar va mahsulotlar uchun eng keng tarqalgan to‘lov vositasiga aylanadi. London qirollik kolleji va eToro ijtimoiy investitsiyaviy platformasi tadqiqotchilari ana shunday xulosaga kelishdi. Ular tomonidan e’lon qilingan “Kriptovalyutalar: ishonch va qabul qilinish uchun to‘siqlarni yengib o‘tish” ma’ruzasida shu haqida to‘xtalib o‘tilgan.

Tahlilchilar fikricha, barcha joyda kriptovalyutalarni qabul qilish uchun ular quyidagi funksiyalar ega bo‘lishi kerak: omonat va jamg‘arma vositasi, almashish va hisob-kitob birligi vositasi.

Bu boradagi talablarga javob berish uchun bitkoin va raqamli valyutalar yanada takomillashtirilishi kerak. Bunda ularning ommabopligini oshirish, keng miqyos kasb etishi, foydalanuvchilar interfeysi va boshqarish tizimini rivojlantirishga alohida e’tibor berish lozim.

Forklog manbasiga ko‘ra esa, mutaxassislar kriptovalyutalar allaqachon jamg‘arma vositasiga aylanganiga ishonchlari komil.

“Birinchi elektron xat 1971 yilda jo‘natilgan, biroq mazkur texnologiya Hotmail qulay interfeys sharofati bilan kundalik hayotimizga kirib kelishi uchun qariyb o‘ttiz yil vaqt talab etildi. Tarixdagi ilk bitkoin-tranzaksiyasi salkam sakkiz yil oldin amalga oshirilgan edi, bugun ko‘rayapmiziki, soha pulga bo‘lgan talabga moslashishni boshlayapti. Biz kelayotgan o‘n yil davomida bitkoin va boshqa kriptovalyutalar umumqabul qilingan vositaga aylanadi, deb hisoblaymiz. Albatta, to‘siqlar bor, lekin ularni yengib o‘tsa bo‘ladi”, dedi eToro kompaniyasi direktori Iqbol Gandam.

Eslatib o‘tamiz, davlatimiz rahbari tomonidan O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi. Unga ko‘ra, yurtimizda kripto-aktivlar sohasida mayning, smart-kontraktlar, “blokcheyn” texnologiyalari joriy qilinadi; “blokcheyn” texnologiyalarini ishlab chiqish va foydalanish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi. O‘z navbatida jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasidagi kripto-aktivlar aylanmasi va ulardan olingan daromadlar soliqqa solish ob’ektlari bo‘lib hisoblanmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Kelayotgan 10 yilda bitkoinlar va kriptovalyutalar taqdiri qanday bo‘ladi?