Qozog‘iston yog‘ni O‘zbekistonga eksport qila boshladi, deya xabar beradi «Atameken» telekanaliga tayanib Kun nashri.
«Shimkentmay» «KazakhExport» eksport sug‘urta kompaniyasi dasturi doirasida «Sberbank»dan 100 mln tenge (2,2 mlrd so‘m) miqdorda eksportdan avvalgi moliyalashtirishning birinchi transhini oldi.
Markaziy Osiyoga eksportni amalga oshirish uchun moliyalashtirishning tasdiqlangan limiti umumiy hajmi 730 mln tenge (16 mlrd so‘m)ni tashkil etadi, ulardan 702 mln tenge (15,5 mlrd so‘m) - O‘zbekiston uchun limit.
Yil oxiriga qadar «Shimkentmay» AJ O‘zbekistonga qariyb 4 million dollarlik qiymatdagi yog‘ eksport qilishni rejalashtirmoqda.
«To‘rt million dollarlik shartnoma - Janubiy Qozog‘iston viloyati tadbirkorlar palatasi va «KazakhExport»ning mahalliy mahsulotlarni tashqi bozorlarga chiqarish bo‘yicha hamkorlikdagi ishining natijasi», - deya ta’kidlab o‘tdi Janubiy Qozog‘iston viloyati tadbirkorlar palatasining loyihalarga hamrohlik qilish bo‘limi eksperti Bakitjan Seytinbetov.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di
Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat
Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi!
Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi?
Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi