18:29 / 12.09.2018
3 913

Rossiyada rublning “qulashi” sabablari aytildi

Rossiyada rublning “qulashi” sabablari aytildi
Moliya vazirligi uchun hozirgi neftning bir barreli uchun 78 dollarlik narxda valyutani xarid qilish yoʻqqa chiqayotgan sharoitda rublning muvozanatli kursi 50 rubl. Bu haqda Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkin Sharqiy iqtisodiy forum doirasida maʼlum qildi, deb yozmoqda Kun.uz.

Uning bildirishicha, 63-64 rubllik kurs boʻyicha oʻrta va uzoq muddatli prognoz koʻrsatkichlari oʻzgartirishiga hech qanday sabablarni koʻrmayapti. “Toʻlov balansi bizda kuchli, byudjet balansi - YAIMning taxminan bir foizi darajasida profitsit, tashqi qarz - moʻtadil”, - dedi Oreshkin. Uning fikricha, global inqiroz qator rivojlanayotgan davlatlarni qamrab olganiga qaramasdan, Rossiyada yetarlicha zaxira bor.

Iqtisodiy rivojlanish vazirining soʻzlariga koʻra. rublning zaiflashuvi Rossiyadan kapitalning qisqa muddatli chiqib ketishiga bogʻliqdir. Oreshkinning bildirishicha, chiqib ketish bilan bogʻliq holat toʻxtasa, trend ham oʻzgaradi. “Agar kechagi kunga qaralsa [11 sentyabr], rubl jiddiy mustahkamlana boshladi, bu valyutaning global bozorlarida barqaror holatda ekani bilan birga kechmoqda”, - deya taʼkidlab oʻtdi vazir.

Oʻz navbatida, Rossiya prezidenti yordamchisi Sergey Glazyev Sharqiy iqtisodiy forumda maʼlum qilishicha, rublning pasayishiga olib kelgan asosiy omil Markaziy bank tomonidan kurs barqarorligini taʼminlash boʻyicha “oʻzining konstitutsiyaviy majburiyatlarini” bajarmaganidadir. “Valyuta zaxiralari pul bazasi hajmidan koʻra koʻproq boʻlgan bir holatda, ular kursning shakllanishini rublni atayin tebratuvchi, makroiqtisodiy vaziyat beqarorlashuvidan gigant daromadlar oluvchi moliyaviy olib-sotarlarga berib yubordi”, - deya taʼkidlab oʻtdi u.

Foto: Donat Sorokin / TASS. Sergey Glazyev
10 sentyabr, dushanba kuni Moskva fond birjasida yevroning kursi 81 rubldan oshdi, dollar kursi 70 rubldan koʻtarildi. Rossiya milliy valyutasi 2016 yil mart oyidagi rekordlarini yangiladi. Biroq, keyingi kun rubl biroz mustahkamlandi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligi 2018 yilda mamlakatdan chiqib ketadigan mablagʻlar oqimi boʻyicha prognozni ikki baravarga oshirgandi.

Oxirgi maʼlumotlarga koʻra, mamlakatdan 2018 yil oxiriga qadar avvalroq aytilganidek 18 milliard emas, balki 41 milliard dollar miqdoridagi mablagʻlar olib chiqib ketiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Rossiyada rublning “qulashi” sabablari aytildi