“Agrobank”ning “Farovonlik” lotereyasi natijalari e’lon qilindi

“Agrobank” o‘zi o‘tkazgan “Farovonlik” (“Farovonlik”) pul-buyum yutuqli, tirajli lotereyasi yutuqlar tiraji rasmiy jadvalini e’lon qildi. Bu haqda 29 dekabr, dushanba kuni bank matbuot xizmati xabar berdi, deya yozadi kun.uz.
Lotereya tiraji 2014 yilning 26-27 dekabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tdi. Unda 5ta razryad bo‘yicha umumiy summasi 22,5 mililard so‘mdan ortiq bo‘lgan 1,118 millionta pul-buyum yutuqlari o‘ynaldi.
“Agrobank”ning qayd etishicha, seriya raqami 001128, bilet raqami -178 bo‘lgan lotereya biletiga Malibu (3-pozisiya) avtomobil yutug‘i chiqqan. Seriya va raqami xuddi shunday lotereya biletining qolgan razryadlari bo‘yicha ham shunday yutuq chiqqan hisoblanadi.
Yutuq chiqqan biletlarning seriya va raqamlari bilan quyidagi havolada joylashgan pdf-fayl orqali tanishish mumkin. Yutuqlar jadvali seriya raqami oldiga * (yulduzcha) belgisi qo‘yilgan bo‘lsa, shu seriyaning qolgan 199ta bilet raqamiga 10 ming so‘mdagn yutuq chiqqanini bildiradi.
“Farovonlik” lotereyasi tiraji yutuqlar jadvali (pdf)
“Agrobank”ning ma’lum qilishicha, barcha turdagi buyum hamda 100 ming so‘mdan yuqori pul yutuqli lotereya biletlari “Agrobank” ATB Markaziy apparatiga bank filiallari tomonidan ekspertizaga topshiriladi va ekspertiza xulosasi olingan kundan boshlab 1 oy ichida to‘lanadi.
100 ming so‘mgacha va 100 ming so‘mlik yutuqli biletlar “Agrobank” ATB filiallari tomonidan yutuqlar tirajining rasmiy jadvaliga asosan qabul qilinadi va yutuq egalariga 1 (bir) bank ish kuni mobaynida to‘lab beriladi.
Yutuqli biletlar yutuqlar tiraji o‘tkazilgan kundan boshlab 100 (bir yuz) kun muddat ichida to‘lovga qabul qilinadi. Ushbu muddat o‘tganidan so‘ng yutuqli lotereya biletlari o‘z kuchini yo‘qotadi va to‘lovga qabul qilinmaydi.
Hozircha lotereya natijalarini bank saytida e’lon qilingan pdf-fayl orqali tekshirish mumkin. “Agrobank”dan ma’lum qilishlaricha, uning saytidagi “Lotereya yutug‘ini tekshirish” sahifasida 30 dekabr oqshomdan natijalarni avtomatik ravishda, qulay ko‘rinishda tekshirish mumkin bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing