3 697
Hind kompaniyasi o‘zbek olimlari yaratgan texnologiyani tijoratlashtirish niyatida
Innovatsion rivojlanish vazirligida O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni yanada kengaytirish ishlari doirasida Hindistonning “Arvind Limited” tekstil kompaniyasi rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
“Arvind Limited” tekstil mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi korxonalar ichida Hindistondagi eng yirik va dunyodagi to‘rtinchi kompaniya hisoblanadi. Yillik pul aylanmasi 2 mlrd. AQSh dollarga teng. Tekstil mahsulotlari ishlab chiqarish bilan bir qatorda kompaniya qishloq xo‘jaligi sohasida ham faoliyat yuritib, telekommunikatsiya, injiniring va ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatadi”, - deydi “Arvind Limited” kompaniyasining paxtachilik va agrobiznes bo‘yicha direktori Pragnesh Shax.
Uchrashuvda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangi iqtisodiy-investitsion siyosat, xorijiy investorlarga yaratilayotgan sharoitlar, shuningdek, tekstil sohasida klaster loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Jumladan, paxta yetishtirish va qayta ishlash hamda tekstil mahsulotlari ishlab chiqaruvchi agro-tekstil klasterini yaratish masalalari muhokama etildi. Shu bilan birga mehmonlarda o‘zbek olimlari tomonidan yaratilgan paxta gen-nokauti texnologiyasi katta qiziqish uyg‘otib, mazkur texnologiyani tijoratlashtirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishlari mumkinligini ma’lum qilishdi.
Manba: “Xalq so‘zi Online” “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Osiyo kubogi: O‘zbekistonning g‘alabasiga xorijdan qanday munosabat bo‘lmoqda?
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Indoneziyani mag‘lub etib, final va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi
Toshkentda «prava» olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi