Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritildi. Bu haqda ”Huquqiy axborot” kanali maʼlum qildi.
Kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq, yuridik shaxslarga oʻzlari ishlab chiqargan tovarlarni boshqa yuridik shaxslarga va yakka tartibdagi tadbirkorlarga naqd pulda sotishiga ruxsat berildi. Ilgari hisob-kitoblar faqat naqd pulsiz shaklda amalga oshirilishi mumkin edi.
Bunda, naqd pul vositasidagi hisob-kitoblar bitta shartnoma doirasida eng kam oylik ish haqining 100 baravarigacha (20 mln 273 ming soʻmgacha) miqdorda hamda nazorat-kassa mashinalaridan foydalangan holda amalga oshirilishi lozim.
Shu bilan birga, yuqorida koʻrsatilgan summa doirasida endilikda tovarlarni ulgurji sotish naqd pulda yoki naqd pulsiz shaklida, shu jumladan plastik kartochkalar orqali ham amalga oshirilishi mumkin. Ilgari tovarlarning ulgurji savdosi faqat naqd pulsiz hisob-kitob asosida amalga oshirilishi lozim edi.
Amaldagi qonunchilikka koʻra chakana savdo korxonalari tovarlarni naqd pulsiz sotishi mumkin, lekin bunda naqd pulsiz hisob-kitoblar korxonaning oylik tovar aylanmasi umumiy hajmining 10 foizi doirasida amalga oshirilishi lozim edi.
Oʻzgartirishlarga asosan, tovarlarni naqd pulsiz sotishda chakana savdo korxonalari uchun belgilangan mazkur cheklov bekor qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi
Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video)
Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi
Fransiya Germaniyani Yevropa mudofaasini birgalikda kuchaytirishga chaqirdi
Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Qashqadaryo viloyatidagi qishloq “Turizm mahallasi” maqomini oldi