Oʻzbekiston iqtisodiyotida dollarlashuv darajasining yuqoriligi Markaziy bank monetar siyosati samaradorligini pasaytiradi, ayrim hollarda, defoltga olib kelishi mumkin. Bu haqda Kapital bozorini rivojlantirish agentligi boshqarma boshligʻi Tursunboy Mahkamov maʼlum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston iqtisodiyotining dollarlashuv darajasi juda yuqori ekanini hamma tushunmoqda, ammo valyuta xatarlari orasidagi farqni yoʻqotish uchun mamlakatda oltin-valyuta zaxiralari yetarli ekani tufayli (2019 yil 1 yanvar holatiga 26,3 mlrd. AQSH dollari) “bunga katta eʼtibor berishmayapti”.
Agentlik iqtisodiyotning dollarlashuvi boʻyicha beshta asosiy xatarni ajratgan:
1. Milliy valyuta zaiflashuvi
2. Tashqi qarz olish qiymatining oshishi
3. Mamlakatning suveren reytingi darajasiga salbiy taʼsir
4. Markaziy bankning pul-kredit siyosatini amalga oshirish boʻyicha imkoniyatlarini cheklash
5. Valyuta xavfining oshishi
“Biz Markaziy bankning monetar siyosatni olib borish boʻyicha imkoniyatlari qisqarayotganini kuzatyapmiz. Qayta moliyalash stavkasi juda yuqori, lekin inflyatsiya hali ham ikki sonli boʻlib turibdi. MB inflyatsiyani targetlashi va monetar siyosatni kuchaytirishi haqida eʼlon qilgani eʼtiborga olinsa, natijalar kutilganidek boʻlmayapti. Bu bank tizimining katta qismi dollarga bogʻlangani bilan aloqador. MB oʻzining monetar siyosatida faqat iqtisodiyotning kichik qismiga harakat qilayotgani ayon boʻladi. Shuning uchun u natijaga olib kelmayapti”, - dedi Mahkamov fond bozori vakillari bilan uchrashuvda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Olimlar Antarktida ustidagi ozon teshigining qisqarganini e’lon qildi
Isroil sobiq bosh vaziri Netanyaxuni G‘azodagi operatsiyani cho‘zishda aybladi
“Hizbulloh” Livandagi peyjer portlashlari tufayli Isroilni jazolash bilan tahdid qildi
Ikki talaba Finlandiyadan orol sotib oldi. Bu AQSHdagi uydan arzonroqqa tushdi
AQSHda sherif sudyani otib o‘ldirdi
O‘zbekiston bosib olingan Falastin hududidan Isroil qo‘shinlari chiqib ketishiga ovoz berdi
O‘zbekiston Rossiyaning GLONASS tizimi signalidan foydalanishi mumkin
Yevroittifoq elchisi ishga qanday transportda boradi?