17 iyul kuni Jahon banki Fides Solutions MChJ («Fides Solutions») va fuqaro Ravshan Rizametov (Mr. Rizametov)ga sanksiyalar joriy etgani to‘g‘risida e’lon qildi. Bu haqda tashkilot saytida xabar berilgan. Sanksiyalar shartli ozod etish nazarda tutilgan uch yillik taqiqni bildiradi.
Fides Solutions va Ravshan Rizametov korrupsion amaliyotlar bilan shug‘ullanishda ayblangan - ular O‘zbekistondagi oliy ta’limni modernizatsiya qilish bo‘yicha loyiha doirasida bo‘lajak shartnoma munosabati bilan Jahon banki xodimiga, uning harakatlariga ta’sir o‘tkazishga uringan holda, qandaydir qimmatlik taklif etishgan.
Xabarda aytilishicha, Fides Solutions va Ravshan Rizametov Jahon bankining tartib-qoidalariga muvofiq vaziyat bo‘yicha tushuntirish bermagan. Shuningdek, ular sanksion jarayonlarda ko‘rsatilgan vaqt ichida javob taqdim etishmagan. Shu munosabat bilan, sanksiyalar to‘g‘risidagi qaror rad qilib bo‘lmaydigan deb topildi va 17 iyul kuni kuchga kirdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”