3 559
O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga valyuta kreditlari va zaymlari berish taqiqlandi
O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga valyuta kreditlari va zaymlari berish taqiqlandi.
Tijorat banklarining kredit siyosati bo‘yicha talablar haqidagi nizom va mikrokredit tashkilotlari tomonidan moliyaviy operatsiyalar o‘tkazish qoidalariga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.
Banklarga jismoniy shaxslarga xorijiy valyutada kredit va zaymlar berish, shuningdek, ularning xorijiy valyutadagi kreditlari bo‘yicha majburiyatlarini hisobga olish man etildi. Mikrokredit tashkilotlariga ham valyutada mikrokredit va mikrozaym taqdim etish man etildi.
Bu choralar Prezident iyul oyi oxirida imzolagan «Mikromoliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorga asosan amalga oshirildi. Mazkur qaror bilan valyuta kreditlari taqiqlangandi, hozirda esa hujjatlar yangi qoidalarga muvofiqlashtirildi, xolos.
Ekspertlarga ko‘ra, valyuta kreditlarining man etilishi xatarlardan xoli bo‘lishga urinish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Chunki shundoq ham yuqori bo‘lgan kredit tavakkalchiligiga yana valyuta omili ham qo‘shiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»