3 705
Jamshid Qo‘chqorov: «Biz shu paytgacha go‘yo u yo‘qdek kambag‘allik degan so‘zni ishlatmasdik»
Xalqaro press-klubning O‘zbekiston Prezidentining Oliy Majlisga yo‘llagan Murojatiga bag‘ishlangan sessiyasida so‘zga chiqqan Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov yalpi ichki mahsulot va uning kambag‘allikni tugatishdagi ahamiyati haqida gapirib o‘tdi.
«Bizda shu vaqtgacha kambag‘allik degan so‘zni hech kim ishlatmas edi. Iqtisodiyot sohasidagi uzoq yillik faoliyatimdan aytamanki, biz bir paytlar «Aholi faravonligini oshirish» deb nomlangan dastur ham ishlab chiqqandik, go‘yo bizda kambag‘al yo‘qdek.
Har bir mamlakatning aholisi farovonligi, kambag‘allarning kam yoki ko‘pligi uning yalpi iqtisodiy mahsuloti bilan belgilanardi. Chunki, oddiy so‘z bilan aytganda, yalpi ichki mahsulotdan tashqarida hech narsa yo‘q. Davlatning ham, xalqning ham harakatlanadigan maydonchasi shu YAIM hisoblanadi.
Prezidentimiz parlamentdagi chiqishida YAIM 5 yilda 100 mlrd AQSH dollariga chiqarish vazifasini qo‘ydi. Bundan maqsad YAIM o‘sishi hisobiga kambag‘allarni kamaytirish hisoblanadi.
2019 yilda YAIM 58 mlrd bo‘ldi, bu jon boshiga 1724 AQSH dollarini tashkil qiladi. 2024 yilga kelib YAIM 100 mlrd yetadigan bo‘lsa jon boshiga 2800 dollarni tashkil etadi. Ya’ni, 5 yilda ming dollardan oshiqqa ko‘payishi kerak. Albatta, bu yerda aholi soni o‘sishi va boshqa jihatlar tahlil qilinib hisobga olingan», dedi Jamshid Qo‘chqorov.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev 24 yanvar kuni Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida mamlakatdagi kambag‘allik darajasi 12-15 foiz atrofida ekanini ma’lum qilgan, bu O‘zbekiston tarixida ilk marta kambag‘allik darajasi ochiqlanishi bo‘lgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi