11:00 / 28.01.2020
2 861

O‘zbekistonda «blokcheyn» uchun maxsus hudud tashkil qilinadi

O‘zbekistonda «blokcheyn» uchun maxsus hudud tashkil qilinadi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida kripto-aktivlar aylanmasi sohasini yanada rivojlantirish to‘g‘risida»gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Qaror loyihasi kripto-aktivlar aylanmasini rivojlantirish va «blokcheyn» texnologiyasini joriy etish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish hamda normativ-huquqiy tartibga solishni takomillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan.

Loyihada «Regulyativ hudud»ni yaratish masalasi ko‘tariladi.

Mazkur texnologiyaning 10 yildan ortiq vaqt davomida mavjudligiga qaramay, jahon amaliyotida hali kripto-aktivlar aylanmasi, shu jumladan kripto-aktivlarni ishlab chiqarish (mayning), ularni yaratish va bozorga chiqarish, kripto-birjalar faoliyatini tashkil etish kabi masalalarni normativ-huquqiy tartibga solish bo‘yicha yagona yondashuv ishlab chiqilmagan.

Shu bilan birga, davlatlar oldida kripto-aktivlardan noqonuniy maqsadlarda foydalanishning oldini olish, shu jumladan, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, noqonuniy daromadlarni o‘zlashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bog‘liq xatarlarni minimallashtirishni hisobga olgan holda, to‘g‘ri tartibga solish siyosatini shakllantirish bilan bog‘liq yangi muammolar kelib chiqmoqda, ularni huquqiy tartibga solish uchun yangicha uslubiy yondashuvlarni ishlab chiqish talab qilinadi.

Jahon tajribasiga ko‘ra, ushbu masalaning samarali yechimlaridan biri bo‘lib, pilot loyihalarni amalga oshirish, ularni tartibga solish usullari va mexanizmlarini sinab ko‘rish bo‘yicha huquqiy eksperimentlarni o‘tkazish uchun maxsus «Regulyativ hudud»ni yaratish hisoblanadi.

Innovatsion texnologiyalar sohasida muhim yutuqlarga erishgan ko‘plab mamlakatlarda bunday «Regulyativ hudud»lar yaratilgan. Masalan, ular Buyuk Britaniya, Singapur, Niderlandiya kabi mamlakatlarda yangi moliyaviy mahsulotlar va xizmatlarni joriy etish uchun tashkil qilingan.

Qaror loyihasida «Regulyativ hudud»ni yaratishning asosiy maqsadlari va vazifalari keltirilgan.
Mazkur loyihaga ko‘ra, «Regulyativ hudud»ning rezidenti maqomi, ularning joylashgan joyidan qat’iy nazar, ekstraterritoriallik tamoyili asosida, O‘zbekiston Respublikasi rezedentlari-yuridik shaxslarga berilishi mumkin.

Bunda, potensial rezidentlar «Regulyativ hudud»da amalga oshirish va sinash uchun taklif etilgan kripto-aktivlar aylanmasi yoki «blokcheyn» sohasidagi noyob texnologiyalariga (mahsulotlariga, xizmatlariga) ega bo‘lishlari, yoki ommabop texnologiyalardan foydalanishda innovatsion yondashuv qo‘llanilayotganligini isbotlashlari, aniq maqsadlar ko‘rsatilgan biznes-rejaga, xavflarni baholash to‘g‘risida hisobotga va ularni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasiga, va boshqa bir qator mezonlarga ega bo‘lishlari lozim.

Pilot loyihalarni amalga oshirish maqsadida rezidentlarga 12 oy vaqt beriladi, ushbu davr mobaynida zarur tartibga solish mexanizmlari ishlab chiqiladi. Joiz bo‘lganda, mazkur muddat 24 oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.

«Regulyativ hudud»ning muhim afzalligi shundan iboratki, sinov davomida, uning rezidentlari, istisno tarzida, amaldagi ma’lum bir qonun talablariga rioya qilishdan ozod qilinishi mumkin (bunday normalar ro‘yxati vakolatli organ bilan kelishilgan bo‘lishi lozim).

«Regulyativ hudud» rezidentlariga, O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari – sub’ektlar bilan, xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalar (takliflar, bitmlar) tuzish huquqini taqdim etiladi, bunda, «Regulyativ hudud» doirasida qabul qilingan huquqiy normalarga amal qilayotgan bo‘lsa, kelishuv shartlari amaldagi qonunchilik normalaridan chetga chiqishi mumkin bo‘ladi.

Biroq, kompaniyalar mazkur tartiblarga rioya qilmagan taqdirda, «Regulyativ hudud» rezidenti maqomidan ayriladilar.
«Regulyativ hudud»ning operativ boshqaruvi Direksiya tomonidan amalga oshiradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda «blokcheyn» uchun maxsus hudud tashkil qilinadi