11:50 / 06.03.2020
3 056

Saudiya Arabistoni shirkati O‘zbekistonga 2 mlrd dollarlik investitsiya kiritadi

Saudiya Arabistoni shirkati O‘zbekistonga 2 mlrd dollarlik investitsiya kiritadi
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Saudiya Arabistonining yirik investori ― ACWA Power kompaniyasi bilan umumiy qiymati 2 milliard AQSH dollariga teng uchta bitim imzoladi. Ushbu kelishuv va bitimlarda O‘zbekiston energetika sohasining taraqqiyoti hamda barqarorligini yanada takomillashtirishga xizmat qilishi ko‘zda tutilgan. Bu haqda Energetika vazirligi xabar qildi.

Imzolangan 3 ta hujjatlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
- 1,2 milliard dollarlik investitsiya shartnomasi elektr energiyasini sotib olish bo‘yicha 25 yillik shartnoma (PPA) hamda 1500 MVt quvvatli bug‘-gaz turbinali elektr stansiyasini (BGQ) qurish va ekspluatatsiya qilish ishlariga sarflanadi;
- 0,55–1,1 milliard AQSH dollar qiymatidagi navbatdagi loyiha quvvati 500–1000 MVt ga teng shamol elektr stansiyasini barpo etish to‘g‘risidagi bitimni o‘z ichiga oladi;
- Mutaxassislarning texnik ko‘nikmalarini oshirish yuzasidan o‘quv markazini rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro anglashinuv memorandumi (AM).
1500 MVt quvvatga ega yangi bug‘-gaz qurilmasi (BGQ) Sirdaryo viloyatining Shirin shahrida qurilishi rejalashtirilgan. Ushbu elektr energiyasi ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan investitsion loyihada ham kelishuvga muvofiq «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati yagona xaridor sifatida ishtirok etadi.

Loyihaga muvofiq quriladigan yangi bug‘-gaz qurilmasining samaradorligi 60% dan ziyod bo‘lib, odatda u elektr energiya ishlab chiqarishga sarflanadigan tabiiy gaz miqdorini qariyb ikki marta ko‘p tejash imkonini beradi.

Energetika vazirligi bilan qayta tiklanadigan energiyadan foydalanish bo‘yicha imzolangan shartnomaga binoan ACWA Power kompaniyasi O‘zbekistonda 500–1000 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasini quradi va foydalanishga topshiradi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi bilan imzolanadigan uchinchi kelishuvga muvofiq ACWA Power kompaniyasi AQSHning Air Products & Chemicals kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda energetika va kimyo texnologiyasi sohalarida mutaxassislar tayyorlash yuzasidan Shirin shahridagi kollejda texnik ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha o‘quv dasturlarini taqdim etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Saudiya Arabistoni shirkati O‘zbekistonga 2 mlrd dollarlik investitsiya kiritadi