11:45 / 11.03.2020
3 121

Coca-Cola kompaniyasi O‘zbekistonga 31 mln dollar investitsiya kiritmoqchi

Coca-Cola kompaniyasi O‘zbekistonga 31 mln dollar investitsiya kiritmoqchi
Foto: Coca-Cola
Coca-Cola kompaniyasi 2019 yilda jahonning yetakchi xorijiy tadqiqotchi kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonning salqin ichimliklar bozorida o‘rganishlar olib bordi. Unga ko‘ra, kelgusi 10 yillikda aholi sonining o‘sishi, daromadlarning oshishi hamda hududlarning turistik salohiyati kengayib borishi hisobiga salqin ichimliklar sotish bozori hajmi 1,8 barobarga ko‘payishi kutilmoqda. Bu haqda «O‘zbekoziqovqatxolding» kompaniyasi ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, Coca-Cola kompaniyasi 2020—2021 yillarda O‘zbekistonga 31 million dollar miqdorida investitsiya kiritishni rejalashtirgan. Kiritiladigan investitsiyalar Xorazm viloyati va Toshkent shahridagi zavodlar modernizatsiyasi, mavjud quvvatlarni ko‘paytirish uchun sarflanadi.

Mazkur loyihalar hududlarda aholi bandligi darajasini oshirishga, ishlab chiqarilayotgan keng turdagi mahsulotlarni yetkazib berish bo‘yicha logistika xarajatlarini iqtisod qilishga, respublikaning janubiy va g‘arbiy hududlari aholisini salqin ichimliklar bilan yanada kengroq ta’minlashga, ishlab chiqarish zavodlari joylashgan hududlarda soliq tushumlarining ko‘payishiga imkon yaratadi.

Ma’lumot uchun, «O‘zbekoziqovqatxolding» kompaniyasi tarkibidagi Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd. kompaniyasining mamlakat salqin ichimliklar bozoridagi ulushi 2019 yilda 25 foiz, shirin gazlangan ichimliklar bozoridagi ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan. Xususan, kompaniyada salqin ichimliklar ishlab chiqarish hajmi 2018 yilda 38 foizga, 2019 yilda 33 foizga oshgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Coca-Cola kompaniyasi O‘zbekistonga 31 mln dollar investitsiya kiritmoqchi