3 568
"Xalqqa to‘g‘ridan to‘g‘ri pul tarqatilishi o‘zini oqlamaydi, talon-toroj bo‘lishi mumkin"
Savdo sanoat palatasi raisi Adham Ikromov «M-Faktor» loyihasida koronavirus pandemiyasi sharoitida tadbirkorlar tushib qolgan muammolar girdobi va undan chiqish yo‘llari haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
«Tadbirkorlar bilan bog‘liq eng katta muammolar Toshkent shahrida kuzatilmoqda. Undan tashqari, viloyat markazlari, shuningdek, aholi zich joylashgan kichik shaharlarda ham yetarli muammolar paydo bo‘ldi. Albatta, «epidemiologik zanjir» usulida bu shaharlarda karantin zonalarini tezkorlik bilan tashkil qilganimiz yutug‘imiz bo‘ldi.
«Saxovat va ko‘mak» umumxalq harakati haqida gapirar ekan, soliq bazasi orqali 609 mingta yuridik shaxslar — fermer xo‘jaliklari va tadbirkorlarning imkoniyatlari ko‘rib chiqilganida, imkoniyati borlari 201 mingta ekanligi aniqlandi. Ya’ni [o‘zi ham yordamga muhtoj bo‘lganlarning] 70 foizi chiqib ketdi, bu tabiiy hol. Ularda saxovat yordami uchun ortiqcha pul yo‘q. Qolgan 201 mingta sub’ektlarni ham 4 ta toifaga bo‘ldik.
Ya’ni shu paytgacha ham beg‘araz yordam ko‘rsatib kelgan yirik tadbirkorlarimiz bor. Ular yuzlab, minglab yangi ish o‘rinlari yaratmoqda. Shuningdek, davlatdan ko‘mak kutayotgan tadbirkorlar bor. Ularga ijara to‘lovlari, soliq foizlari bo‘yicha yengillik berilsa, o‘zlarini tutib, fuqarolarga yordam qilishga tayyor», — dedi Adham Ikromov.
Savdo-sanoat palatasi raisi suhbat davomida Bosh vazirning tadbirkorlar qabulxonasi, biznes ombudsman bilan hamkorlikda pandemiya sharoitida zarar ko‘rgan tadbirkorlarning murojaatini ko‘rib chiqish uchun shtab tuzilganini aytib o‘tdi.
Adham Ikromov shu kunlarda tadbirkorlardan tushayotgan ko‘plab murojaatlar shaharlar va hududlar o‘rtasida transport vositalari qatnovini tiklash, ruxsatnoma stikerlari olish bilan bog‘liq bo‘layotganini aytib o‘tdi.
Bozorlarda savdo maydonchasi uchun ijara haqi to‘lab faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlarning «ijara haqini to‘lay olmay qolsak nima bo‘ladi» degan mazmunda tushgan savoliga javob berar ekan, Ikromov boshlovchilar tomonidan «ko‘rsatuvimizda tadbirkorlarga eng yoqadigan javob» deb e’tirof etilgan javobni berdi:
— Tadbirkor yuz foiz haq. Uning ijara pulini olish mumkin emas. Chunki bozor savdo do‘konlarida hech qanaqa ziyon bo‘lmaydi. Shuni men o‘zimga shaxsan yozib oldim. Ertaga bosh vazir o‘rinbosari selektorida bu masalani qo‘yamiz. Juda ko‘p tadbirkorlar menga chiqyapti, hozir hududlarda ko‘chma rastalarni qilishyapti. Bizning mahallamizda ham bor. O‘shalarga qo‘shilib ishlasa ham bo‘ladi. Lekin ijarasini to‘lamasin, karantin davrida ijara pulidan ozod qilinsin, deb men kafolat bera olmayman, bu bizning qo‘limizda emas. Lekin astoydil harakat qilib, bozorda ishlaydigan tadbirkorlarga bu masalada yoqamiz, Xudo xohlasa.
Adham Ikromov 18 mayga qadar karantin ochilishi mumkinligi, biroq bunda birinchi navbatda tadbirkorlik sub’ektlari sanitariya-epidemologiya talablariga qat’iy rioya qilishlari kerakligini ta’kidlab o‘tdi.
Ikromov saxovat va ko‘mak masalasida xalqqa to‘g‘ridan to‘g‘ri pul tarqatilishi o‘zini oqlamaydi, dedi va o‘z fikrini quyidagicha bayon etdi:
«Birinchidan, bu talon-toroj bo‘lishi mumkin. Ikkinchidan, odamlarning masalasini hal qilib bermaydi. Pul ishlatib yuboriladi, undan ko‘ra kelgusida tadbirkorlarimizga ish bilan ta’minlashi uchun, saxovat qilishi uchun yordam berilsa, yutug‘imiz ko‘proq bo‘ladi. Va bu dunyoning tajribasi ham. Chunki biznes ijtimoiy mas’uliyati. Hozir biz tanqid qilamizmi, boshqa qilamizmi, bironta davlatda, bironta hukumatda, JB bo‘ladimi, JSST bo‘ladimi, aniq belgilangan tashxis qo‘yish va davolash usullari yo‘q.
Biz shu yo‘nalishni tanladik, ishontirib aytaman, iqtisodiyotimiz yurib ketdi sekin-sekin, qishloqlarimizda hayot qaynab yotibdi, Markaziy bank qayta moliyalash stavkalarini 14–12 foizga qaytadan tushirishga, juda qattiq turibmiz. Undan tashqari, xorijdan kreditlarni olib kelish — bu juda katta masala. Xorijda juda arzon kreditlar tayyor turibdi. Jahonda pul bor. Ularni unumli ishlatishimiz bu tadbirkorlar bilan birgalikda, bizning ovozimizni hukumat va Markaziy bank eshitishi shart deb o‘ylayman. Buni qo‘llab-quvvatlaymiz», — dedi Savdo sanoat palatasi raisi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi