18:50 / 10.10.2020
3 348

9 oyda xorijdan O‘zbekistonga qancha dollar yuborilgani ma’lum qilindi

9 oyda xorijdan O‘zbekistonga qancha dollar yuborilgani ma’lum qilindi
Markaziy bank axborot xizmati joriy yilning 9 oyidagi ichki valyuta bozoridagi holat va 2020 yil yakuniga qadar kutilayotgan tendensiyalar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, so‘nggi ikki oy davomida karantin bilan bog‘liq cheklovlarning yumshatilishi hamda iqtisodiy faollikning asta-sekinlik bilan tiklanib borishi ta’sirida ichki valyuta bozorida xorijiy valyutaga bo‘lgan talabning nisbatan yuqori darajada bo‘lishi kuzatildi. Bu asosan karantin sharoitlarida qondirilmagan talabning ma’lum bir kechikish orqali yuzaga chiqishi bilan izohlanadi.

2020 yilning yanvar-sentabr oylari davomida ichki valyuta bozorida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan jami 10,7 mlrd. dollarlik xorijiy valyuta sotib olindi. Mazkur davrda ichki valyuta bozorida xorijiy valyutadagi umumiy taklif hajmi 7,0 mlrd. dollarni tashkil etib, qolgan 3,7 mlrd. dollarlik talab esa Markaziy bankning intervensiyalari hisobiga to‘liq qondirildi.

2020 yilning 9 oyi davomida xalqaro pul o‘tkazmalari orqali respublikaga kelib tushgan valyuta mablag‘lari hajmi 4,3 mlrd. dollarni tashkil etdi. Sentabr oyida pul o‘tkazmalari miqdori 638 mln. dollarga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8 foizga oshdi. Bu o‘z navbatida, xalqaro pul o‘tkazmalari hajmining muvozanatlashib borayotganligidan dalolat beradi.

Mazkur davrda jismoniy shaxslar tomonidan valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali sotilgan chet el valyutasi miqdori 3,2 mlrd. dollarni tashkil etib, ayni paytda ular tomonidan 2,9 mlrd. dollar sotib olindi.

Hozirgi kunda jismoniy shaxslar bilan valyuta operatsiyalarini amalga oshirish uchun tijorat banklari kassalarida naqd xorijiy valyuta qoldig‘i 480-550 mln. dollar miqdorida bo‘lishi ta’minlanmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » 9 oyda xorijdan O‘zbekistonga qancha dollar yuborilgani ma’lum qilindi