09:15 / 03.11.2020
3 795

Qo‘mitaning «ishtahasi uyg‘ondi»: u yangi yig‘im undirmoqchi

Qo‘mitaning «ishtahasi uyg‘ondi»: u yangi yig‘im undirmoqchi
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga (project.gov.uz orqali) yuborilgan «O‘zbekiston Respublikasida chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini yanada rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan Strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Farmon loyihasi ko‘rib chiqilib, tegishli tartibda loyihaga taklif va e’tirozlar yuborildi. Bu haqda MQKQ axborot xizmati xabar berdi.

Farmon loyihasida 2021 yil 1 yanvardan boshlab, chorvachilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklaridan yillik umumiy daromadining 0,5 foizi miqdorida yig‘im undirilishi, chorvachilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklaridan undiriladigan yig‘imlardan to‘liq hajmdagi tushumlar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltirilishi ko‘rsatilgan.

Farmon loyihasiga ilova qilinayotgan O‘zbekiston Respublikasida chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlantirishning 2020–2030 yillarga mo‘ljallangan Strategiyasining 4-bo‘limi hamda «Yo‘l xaritasi»ning 129-bandida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzurida «O‘zchorvasug‘urta» sug‘urta fondini tashkil etish ko‘rsatilgan.

«Fermer ho‘jaliklari to‘g‘risida»gi Qonunga asosan fermer xo‘jaligi pul muomalasini yuritish hamda pul mablag‘larini saqlab turish uchun bank muassasasida hisobvaraqlar ochish va bu mablag‘larni erkin tasarruf etish huquqiga ega. Fermer xo‘jaligining hisob-kitob varag‘idan mablag‘larni faqat fermer xo‘jaligi boshlig‘ining roziligi bilan yoki sudning qaroriga binoan hisobdan chiqarish mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Qo‘mitaning «ishtahasi uyg‘ondi»: u yangi yig‘im undirmoqchi