11:00 / 01.01.2021
1 411

1 yanvardan ko‘p qavatli uylar avtoturargohiga mashina qo‘ygan fuqarolar soliq to‘laydi

1 yanvardan ko‘p qavatli uylar avtoturargohiga mashina qo‘ygan fuqarolar soliq to‘laydi
Foto: «Daryo»
O‘zbekistonda ko‘p kvartirali uylarga bevosita bog‘liq bo‘lgan avtomashina turar joylari jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq ob’ektiga kiritilmoqda. Bunday ob’ekt soliq bazasiga nisbatan 0,23 miqdoridagi soliq stavkasida soliqqa tortiladi. Bu haqda Moliya vazirligi yuridik va jismoniy shaxslarga soliq solish tartibiga 2021 yil 1 yanvardan kiritilayotgan o‘zgarishlar to‘g‘risidagi axborotnomasida ma’lum qilindi.

Hujjatning mol-mulk solig‘i bo‘yicha keltirilgan bandiga ko‘ra, ko‘p kvartirali uylar avtomashina turar joylari uchun soliq to‘lash tizimi joriy etilmoqda.

Axborotda ko‘p kvartirali o‘ylariga bevosita bog‘liq bo‘lgan avtomashina turar joylari (binoning 0 qavatidagi avtomobil saqlash joyi) jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq ob’ektiga kiritilayotgani, bunday ob’ekt soliq bazasiga nisbatan 0,23 foiz miqdoridagi soliq stavkasida soliqqa tortilishi ma’lum qilingan.

Ushbu norma amaliyotda ko‘p kvartirali uylarning yerosti qavatida joylashgan avtomashina turar joylariga kadastr qiymati belgilangan holda kadastr hujjatlari rasmiylashtirilishi sababli aniqlashtiruvchi xususiyatga ega.

Misol uchun, avtomashina turar joyining kadastr qiymati 12 million so‘m miqdorida belgilangan bo‘lsa, ushbu qiymatga nisbatan 0,23 foiz miqdorida soliq stavkasi qo‘llaniladi. Natijada bir avtomashina turar joyi uchun jismoniy shaxslardan olinadigan yillik mol-mulk solig‘i 27 ming 600 so‘mni tashkil etadi.

Qayd etilishicha, hozirda jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan garajlar yer solig‘i va mol-mulk solig‘iga tortilmoqda.

Mazkur norma quyidagilarga tatbiq etilmaydi:
  • turar joy hovlisida o‘zining avtomashinasi uchun joyni obodonlashtirishga qaror qilgan jismoniy shaxslarga;
  • yuridik shaxslarning avtotransport vositalarini saqlash xizmatidan (pulli avtoturargoh) foydalanuvchi jismoniy shaxslarga. Bunday holatda yuridik shaxs soliq to‘lovchi hisoblanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Iqtisodiyot » 1 yanvardan ko‘p qavatli uylar avtoturargohiga mashina qo‘ygan fuqarolar soliq to‘laydi