10:10 / 01.05.2021
2 208

O‘zbekistonda kripto-birjalarda savdo qilishga ruxsat berilishi kutilmoqda


Foto: Unsplash
Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi «Kripto-birjalar faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida»gi idoralararo qaror loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

Unga ko‘ra, amaldagi qonun o‘zgartirilib, O‘zbekiston rezidentlari va norezidentlari tomonidan emissiya qilingan tokenlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, chiqarish yoki aylantirishga ruxsat beriladi.

Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolari kripto-birjalarda kripto-aktivlar va tokenlar bilan kripto-birja savdolarining barcha turlarini milliy va chet el valyutasida amalga oshirishi mumkin bo‘ladi.

Bunda, «sotib olish ob’ekti sifatida kripto-aktivlarni tanlash va bu tanlovning tegishli oqibatlari sotib oluvchining o‘z tavakkalchiligidir».

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 2 sentabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasida kripto-birjalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, O‘zbekistonda kripto-birjalar faoliyati tashkil etishga ruxsat berilgan. Ammo kripto-birjalar faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar O‘zbekiston hududida sho‘’ba yoki boshqa turdagi tashkilotlarni ochish asosida faqatgina chet el yuridik shaxslariga beriladi.

O‘zbekistonda kripto-birjalar faoliyatini amalga oshirishga birinchi litsenziya Janubiy Koreyaning Kobea Group kompaniyasiga berilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda kripto-birjalarda savdo qilishga ruxsat berilishi kutilmoqda