09:43 / 27.07.2021
3 477

Dunyoning eng mashhur investorlaridan biri bo‘lgan Jim Rojers O‘zbekistonga e’tibor qaratmoqda


Foto: Forbes
Dunyodagi eng mashhur investorlardan biri, Rogers Holdings rahbari Jim Rojers O‘zbekistonga e’tibor qaratmoqda. Bu haqda Forbes’ga tayanib Spot xabar berdi.

«Men yangi O‘zbekiston hamon G‘arbda deyarli noma’lum bo‘lsa-da, uning katta ishqiboziman. Avvallari mamlakatda diktatura edi, ammo yangi hukumat nima qilayotganini biladigan ko‘rinadi. Ular so‘nggi bir necha yilda erishga yutuqlar maqtovga loyiq», — deydi Rojers.

Uning ta’kidlashicha, iqtisodiyot nihoyat ochilgan va xalqaro investorlar bu kabi yangi imkoniyatlardan, albatta, foydalanadi. «Men ularning xususiylashtirish bo‘yicha e’lon qilingan rejalari va IPO’larini diqqat bilan kuzatib boraman», — degan Rojers.

Amerikalik investorga birinchi navbatda energetika, metall va qishloq xo‘jaligi qiziq, biroq O‘zbekistonda u bundan-da ko‘proq ishlarni amalga oshirishga tayyor.

«Ayniqsa, meni ularning turistik potensiali qiziqtiradi. Ularning aviakompaniyasi xususiylashtirilsa, albatta, o‘ylab ko‘raman. Uzbekistan Airways — qiziqarli investitsion keys», — deya ta’kidlagan Rojers.

Shuningdek, u mehmonxonalarga ham qiziqishini bildirgan, chunki O‘zbekiston Xitoyning «Bir kamar, bir yo‘l» tashabbusida muhim o‘rinni egallaydi.
«U yerda juda jozibador turistik yo‘nalish mavjud. Shunday ekan men qidiryapman», — deydi Rogers Holdings rahbari.

Jim Rojers — dunyodagi eng mashhur investorlardan biri bo‘lib, 1970 yillarda u Jorj Soros bilan birgalikda Quantum Fund fondiga asos solgan. O‘z navbatida fond o‘n yil ichida investorlarga 4200 foiz daromad olib kelgan. Shunga qaramay, Rojers 1980 yilda Uoll-Stritni tark etgan va sayohatlar bilan shug‘ullanishga o‘tgan. 2014 yildan beri Rojers faol ravishda Rossiya aktivlariga sarmoya kiritmoqda — xususan, Moskva birjasi, «FosAgro» va «Aeroflot».

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Dunyoning eng mashhur investorlaridan biri bo‘lgan Jim Rojers O‘zbekistonga e’tibor qaratmoqda