Noyabrning ikkinchi yarmida sarxil meva-sabzavotlar yuklangan birinchi “Agroekspress” poyezdi Toshkentdan Moskvaga yo‘l oldi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov rossiyalik jurnalistlarga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Dastlabki reys noyabrning ikkinchi yarmiga rejalashtirilgan, hammamiz o‘ziga xos voqea guvohiga aylanamiz deb o‘ylayman”, – dedi u.
Umurzoqovning ma’lum qilishicha, “Agroekspress” loyihasining barcha tafsilotlari Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikovning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida muhokama qilingan.
“Uchrashuv va muhokamalar doirasida “Agroekspress” loyihasini amalga oshirishning barcha tashkiliy, texnik va boshqa tomonlari bo‘yicha kelishib oldik”, – dedi u.
Umurzoqov ushbu loyihaga Rossiya va O‘zbekiston bilan birga poyezd marshruti o‘tadigan Qozog‘iston ham qo‘shilganini ma’lum qildi.
“Bu birgina ekspress emas, gap biz yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan tizim haqida bormoqda”, – dedi bosh vazir o‘rinbosari.
U Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi va MDH davlatlari rahbarlari kengashi yig‘ilishlarida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Agroekpress” loyihasiga boshqa mamlakatlarni ham qo‘shish taklifini ilgari surganini eslatib o‘tdi.
Umurzoqovning qo‘shimcha qilishicha, “Agroekspress” O‘zbekistondan Qozog‘istonga va Qozog‘istondan Rossiyaga hamda aks yo‘nalishda yuk tashiydi.
“Agroekspress” loyihasi Moskva-Toshkent yo‘nalishida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini refrijeratorli tarkibda yetkazib berishga qaratilgan. U logistikani soddalashtirish, meva-sabzavotlarni O‘zbekistondan Rossiyaga hamda go‘sht va un mahsulotlarini Rossiyadan O‘zbekistonga yetkazish vaqtini qisqartirish imkonini beradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi