15:53 / 26.10.2021
1 946

Mirziyoyev g‘alabasidan keyin Rossiya va O‘zbekiston munosabatlari qanday kechadi?

Mirziyoyev g‘alabasidan keyin Rossiya va O‘zbekiston munosabatlari qanday kechadi?
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar Shavkat Mirziyoyevning prezident saylovlaridagi ikkinchi g‘alabasidan so‘ng barcha hamkorlik sohalarida faqat rivojlanib va mustahkamlanib boraveradi. Ma’no tadqiqotlar tashabbusi markazi rahbari Baxtiyor Ergashev RIA Novosti bilan suhbatda shunday fikr bildirgan.

"O‘zbekiston-Rossiya munosabatlari istiqbollari qanday kechishi haqida fikr bildiradigan bo‘lsak, shubhasiz, bu munosabatlar rivojlanadi va chuqurlashib boraveradi".
Ma’no tadqiqotlar tashabbusi markazi rahbari Baxtiyor Ergashev


Ergashevning qayd etishicha, Mirziyoyev prezidentligining birinchi muddatida ham O‘zbekiston va Rossiya munosabatlari o‘z taraqqiyotining yanada yuqori bosqichiga chiqqan.

Xususan, iqtisodiyot sohasidagi munosabatlar sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarilgan: bunda eksport-import postavkalaridan tortib, Rossiya kapitalining jiddiy loyihalarga investitsiya qilinishini misol keltirish mumkin.

Ekspert so‘zlariga O‘zbekiston prezidentining RFga tashrifi uning ikkinchi muddatga saylanganidan keyin ilk rasmiy tashrifiga aylanadi.
Shuningdek, Ergashev fikricha, janubiy yo‘nalishda Afg‘onistondagi vaziyat bilan bog‘liq bo‘lgan tahdidlarning kuchayishi ikkala davlat o‘rtasidagi harbiy-siyosiy hamkorlikni yanada kuchaytiradi.

Ekspert shu yerda Rossiya O‘zbekiston uchun qurol-aslaha va harbiy texnika yetkazib beruvchi asosiy sherik ekanligini eslatib o‘tdi.
Shu bois, O‘zbekiston-Rossiya munosabatlari faqatgina kuchayib boraveradi, deya xotima qiladi Ergashev.

MSK taqdim etgan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarda amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev saylovchilarning 80,1 % ovozini olishga muvaffaq bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Mirziyoyev g‘alabasidan keyin Rossiya va O‘zbekiston munosabatlari qanday kechadi?