Shavkat Mirziyoyev 26 noyabr kuni O‘zbekistonda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Jahon bojxona tashkiloti bosh kotibi Kunio Mikuriyani qabul qildi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, suhbat davomida O‘zbekiston va ushbu xalqaro tuzilma o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish bo‘yicha hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Raqamlashtirish, ilg‘or xalqaro standartlarni joriy etish, intellektual tizimlardan foydalangan holda bojxona postlarini modernizatsiya qilish, korrupsiya, kontrabanda va bojxona sohasidagi qoidabuzarliklarga qarshi kurashish borasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, mutaxassislar tayyorlash va boshqa yo‘nalishlarda qo‘shma tadbir va loyihalarni amalga oshirish muhim ekani qayd etildi.
O‘zbekistonning tez fursatda Jahon savdo tashkilotiga kirishi bilan bog‘liq masalalarda yaqindan hamkorlik qilish zarur ekani ta’kidlandi. O‘zbekiston va Jahon bojxona tashkiloti o‘rtasidagi amaliy sheriklikni kengaytirish bo‘yicha yangi «yo‘l xaritasi»ni qabul qilishga kelishib olindi.
Eslatib o‘tamiz, respublikaning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni 2019 yil iyul oyida O‘zbekiston mazkur tashkilotga a’zo bo‘lish uchun tashqi savdo rejimi to‘g‘risidagi yangilangan memorandumni ko‘rib chiqishga taqdim etgan paytda boshlangan edi. O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi jarayonining davom ettirilishi Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017—2021 yillarda O‘zbekistonning Harakatlar strategiyasida davlatning savdo-iqtisodiy sohasida rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangandi.
Shavkat Mirziyoyev 2020 yilning 29 dekabrida Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi davomida 2021 yilda JSTga a’zolik masalasi bo‘yicha ishlarni faollashtirish lozimligini ta’kidlagandi. O‘sha yili O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi uchun idoralararo komissiya tuzildi.
2021 yil 26 oktabr kuni Sardor Umurzoqov JST rahbariyati bilan O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish masalasini muhokama qildi. Tashkilot rahbariyati respublikani JSTga a’zo bo‘lish jarayonida har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...