Prezidentning “Raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan to‘siqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati yo‘nalishlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqib, norasmiy valyuta operatsiyalari vujudga kelishining oldini olish, shuningdek, xizmatlarni uzluksiz ravishda (24/7 rejimda) ko‘rsatish imkonini yaratish maqsadida xususiy tadbirkorlarga valyuta ayirboshlash xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat berish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’ektlariga kredit uyushmasi xizmatlar bozoriga kirish imkoniyatlarini yaratish ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, teng raqobat sharoitini yaratish maqsadida xususiy tibbiyot muassasalariga haydovchilarni va haydovchilikka nomzodlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat beriladi.
Qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish, tashish va utilizatsiya qilish hamda qayta ishlash xizmati sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlari tarkibidagi davlat unitar korxonalari xususiy sektorga o‘tkaziladi. Bunda, qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish xizmatini bosqichma-bosqich jahon tajribasi asosida chiqindi tarkibidan kelib chiqib alohida yig‘ish ko‘zda tutilgan.
Maishiy chiqindilarni tashish va qayta ishlash xizmatlariga xususiy sektorni davlat-xususiy sheriklik tizimi asosida jalb qilish ham nazarda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar