18:39 / 25.12.2021
1 317

«Otang yaxshi, onang yaxshi» — Prezident yangi zavodni qurish oson bo‘lmaganini aytdi

«Otang yaxshi, onang yaxshi» — Prezident yangi zavodni qurish oson bo‘lmaganini aytdi
Foto: Prezident matbuot xizmati.
Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Qashqadaryo viloyatida bo‘lib turibdi va Uzbekistan GTL zavodining ochilish marosimida ishtirok etmoqda. Davlat rahbari pandemiya sharoitida yangi korxonani qurish oson bo‘lmaganini so‘zlab berdi.

Pandemiya vaqtida butun dunyo yopilib qoldi va zavod qurilishi uchun uskunalar va mutaxassislarni olib kelish muammo bo‘lib qoldi. «Otang yaxshi, onang yaxshi», degan gap-so‘zlar bilan alohida samolyot yuborib, mutaxassislar va kerakli uskunalarni olib keldik.

Natijada ekologik toza zavod qurishning uddasidan chiqdik, minglab tonna chiqindi havoga chiqib ketishining oldini oldik. Bir narsani yoddan chiqarmaslik kerak, biz har qancha daromad qilmaylik, agar ekologiyani toza saqlamasak, kelajak avlod bizdan rozi bo‘lmaydi. Xorijdagi hamkorlarimiz ham zavodlarimizning ekologik jihatdan qay darajada xavfsiz ekaniga e’tibor qaratadilar
, — deya ta’kidlab o‘tdi davlat rahbari.

Shavkat Mirziyoyev ushbu zavodni ishga tushirish orqali «yashil iqtisodiyot» sari yana bir jiddiy qadam qo‘yilayotganiga urg‘u berdi.

GTL zavodi ishlab chiqaradigan yoqilg‘i, boshqa an’anaviy yoqilg‘ilarga nisbatan 40 foiz kam chiqindi va zararli gaz hosil qiladi. Buning hisobidan, yiliga 13,5 ming tonna – shunga e’tibor bering – 13,5 ming tonna zararli gazlarning havoga tarqalishiga yo‘l qo‘yilmaydi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, biroz vaqt muqaddam Uzbekistan GTL zavodida ishlab chiqariladigan mahsulotlar jahondagi eng yuqori ekologik talablar, norma va standartlarga to‘liq javob berishi xabar qilingan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » «Otang yaxshi, onang yaxshi» — Prezident yangi zavodni qurish oson bo‘lmaganini aytdi