O‘zbekistonda elektr energiyasini yetkazib berish bo‘yicha monopoliya bekor qilinishi va bozor mexanizmlarini joriy etish rejalashtirilmoqda.
Davlat dasturida 2022 yil aprelgacha energetika sohasida transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish bo‘yicha prezident qarori loyihasini tayyorlash belgilangan.
Jumladan, qaror loyihasida quyidagilar nazarda tutilishi kerak:
- «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJdan elektr energiyasini «yagona xarid qiluvchi» funksiyasini ajratish;
- «Hududiy elektr tarmoqlari» AJga xususiy operatorlarni jalb qilish bo‘yicha asosiy talablarni belgilash;
- «O‘zbekgidroenergo» AJ kichik va o‘rta investitsiya loyihalariga xususiy investorlarni jalb etish.
O‘zbekistonda chiroq o‘chishi bilan bog‘liq muammolar anchadan beri bor bo‘lib, bu ayniqsa qish kunlari va qishloqlarda ko‘p kuzatiladi. 25 yanvardagi ommaviy chiroq o‘chishi esa energetika sohasida hali qilinmagan ishlar borligini ko‘rsatib berdi, deyish mumkin.
Bu masalani prezident Shavkat Mirziyoyev ham jiddiy o‘rganib chiqishni topshirgan va elektr energiyasidagi bunday yirik uzilishning asosiy sabablarini sanab o‘tgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Ishchi-xodimlar manfaatlari himoya qilindi