Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
O‘zbekistonda bo‘lib turgan Islamic finance advisory and assurance services (Buyuk Britaniya) konsalting kompaniyasi delegatsiyasi mamlakatda islom moliyasi va bankchiligini joriy etish maqsadida hamkorlik istiqbolini muhokama qilish yuzasidan tegishli vazirlik, idoralar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, delegatsiya a’zolari vazirlik tomonidan Islom taraqqiyot banki ko‘magida taklif etilgan. Ular Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, tijorat banklari, mikrokredit, lizing va sug‘urta tashkilotlari vakillari bilan muzokara olib borgan.
Ma’lumot uchun, IFAAS islom moliyasi bo‘yicha ixtisoslashgan xalqaro konsalting firma bo‘lib, 50 ga yaqin mamlakatda ko‘plab maslahat loyihalarini amalga oshirgan. 15 yillik tajribaga ega tuzilma, shu jumladan, ko‘plab ilg‘or islom moliyasi bo‘yicha loyihalarni muvaffaqiyatli yakunlagan. Buyuk Britaniya, Fransiya, Bahrayn, Pokiston va Marokashda o‘z vakolatxonalariga ega.
Uchrashuvlar davomida mamlakatda islomiy moliyalashtirish vositalarini joriy etishning huquqiy asosini yaratish maqsadida amaldagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha navbatdagi qo‘shma sa’y-harakatlar ko‘rib chiqilgan. Xorijiy maslahatchilar loyiha doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar hamda tegishli vazirlik, idoralar bilan hamkorlik mexanizmi haqida taqdimotlar o‘tkazgan.
Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
Muzokaralar natijasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Aziz Voitov bilan kechgan uchrashuvda ko‘rib chiqilgan. Konsalting kompaniya vakillari manfaatdor tashkilotlar ishtirokidagi muhokamalar bo‘yicha hisobot bergan. Birinchi navbatda ko‘rib chiqish va qayta ishlash uchun taklif etilayotgan qonun hujjatlari ro‘yxatini taqdim qilgan.
Uchrashuv yakunida loyihani hayotga tatbiq etish doirasida amaliy hamkorlik qilishning navbatdagi tadbirlari belgilab olingan.
Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank raisi o‘rinbosari Behzod Hamroyev 2021 yilning boshlarida O‘zbekistonda islomiy moliya konsepsiyasini o‘z ichiga olgan qonun loyihasini ishlab chiqish rejalashtirilayotganini ma’lum qilgandi. Bunday taklifni Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 29 dekabr kuni parlamentga qilgan Murojaatnomasida aytib o‘tgan. Davlat rahbari Markaziy bankka moliya bozorida raqobatni kuchaytirish, shuningdek, islomiy moliya mexanizmlarini joriy etish maqsadida huquqiy asos yaratish uchun 1 fevralgacha nobank kredit tashkilotlari to‘g‘risidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqish topshirig‘ini bergan.
2021 yilning sentabr oyi boshlarida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi O‘zbekistonda islom banki va moliyasi uchun normativ-huquqiy bazani ishlab chiqish bo‘yicha Islom taraqqiyot banki bilan grant bitimi imzolanganini, uning natijasida O‘zbekistonda islom moliyalashtirish mexanizmlarini joriy etish imkoni yaratilishini ma’lum qilgandi.
Islom banki shariat tamoyillariga mos keladigan moliyaviy faoliyatdir. Islom bankining asosiy xarakteristikasi bu kredit miqdori va muddatiga qarab hisoblangan foizlar yoki stavkalarni olishni taqiqlash hisoblanadi. Ushbu taqiq musulmonlarning ijtimoiy adolat va tenglik to‘g‘risidagi qonunlari bilan izohlanadi.
Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov 2021 yil oktabr oyida Markaziy bank boshqaruvining navbatdagi yig‘ilishi yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida islom moliyasining huquqiy asoslari qachon yaratilishi va tijorat banklarida islom moliyasi darchalari qachon ish boshlashi haqidagi savolga javob bergandi. Uning aytishicha, mamlakatda «islom moliyasini rivojlantirish bo‘yicha ishlar boshlangan. 14 bankda islom moliyasi darchalarini tashkil etish bo‘yicha ishlar amalga oshirilyapti. Bunda islom moliyasi asosida kredit, depozitlar amalga oshiriladi». “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi