Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati
O‘zbekiston hukumati va ishbilarmon doiralari delegatsiyasining tashrifi doirasida Eronga borgan O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Tehron shahrida Eron prezidenti Sayid Ibrohim Raisiy bilan uchrashdi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, suhbat davomida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport va logistika hamda madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikka qaratilgan O‘zbekiston—Eron munosabatlarining keng ko‘lamli yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashilgan. Ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmini ko‘paytirishning shart-sharoitlari qayd etilgan. Tomonlar yaqin kelajakda o‘zaro savdo hajmini bir necha barobarga oshirish uchun imkoniyat va zarur resurslar mavjudligiga ishonch bildirib, bu borada aniq amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirishga o‘zaro tayyor ekanini tasdiqlagan.
Savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston—Eron hukumatlararo komissiyasining bo‘lajak 14-yig‘ilishi doirasida bir qator yangi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha bitimlar imzolanishi rejalashtirilayotgani ma’lum qilingan.
Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati
Shuningdek, O‘zbekiston va Eron tadbirkorlari o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish bo‘yicha vazifalar belgilangan. Agrosanoat, suv resurslarini boshqarish, qurilish materiallari ishlab chiqarish, qora metallurgiya, mashinasozlik, yengil sanoat va tibbiyot sohasi bu boradagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilangan. Shuningdek, maxsus iqtisodiy zonalar, xususan, «Chabahar», «Aras» (Eron) hamda «Navoiy» va «Angren» (O‘zbekiston) EIZ sub’ektlari o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish istiqbollari alohida ta’kidlangan.
«Tomonlar ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralari o‘rtasida transport va logistika sohasida o‘tkazilgan ikki tomonlama muzokaralarda erishilgan muvaffaqiyatlarni olqishladilar. Jumladan, O‘zbekiston idoralararo delegatsiyasining 2022 yil yanvar oyida Eronga tashrifi chog‘ida transport yo‘laklarini rivojlantirish hamda ikki davlat hududlari orqali tovarlar tranzitini oshirish yo‘nalishida kelishuvlarga erishildi va hamkorlik to‘g‘risidagi bir qator muhim bitimlar imzolandi», — deyiladi xabarda.
Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati
Tomonlar ikki mamlakat va mintaqa davlatlarini bir-biri bilan bog‘laydigan yangi, kam xarajatli savdo yo‘nalishlarini shakllantirish, shuningdek, har ikki mamlakatning transport va tranzit salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida izchil qo‘shma ishlarni davom ettirish ustuvor ahamiyatga ega ekanini ta’kidlangan.
Bundan tashqari, muzokaralar kun tartibiga ikki mamlakatning xalqaro tashkilotlardagi ishtiroki doirasida birgalikda amalga oshiriladigan choralar, mintaqaviy xavfsizlikni, mintaqa mamlakatlari o‘rtasida iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash va transport aloqalarini mustahkamlash maqsadida hamkorlik qilish, shuningdek, mintaqaviy ahamiyatga ega qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar kiritilgan.
Uchrashuv yakunida tomonlar erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga va ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan faol muloqotga o‘zaro sodiqligini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning noyabrida Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bilan uchrashuv o‘tkazgandi. Uchrashuvda ikki tomonlama savdo hajmining ortishiga ko‘maklashish, sanoatda yangi kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish, ikki mamlakat tranzit salohiyatidan samarali foydalanish va madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini ilgari surish maqsadida hamkorlikning institutsional mexanizmlarini faollashtirish muhim ekani ta’kidlangandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi