Markaziy bank muhokamalarga sabab bo‘layotgan tijorat banklari tomonidan rublni ayirboshlash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.
Regulyatorga ko‘ra, rublning so‘mga nisbatan sotish va sotib olish kursi tijorat banklari tomonidan mustaqil ravishda joriy xalqaro kotirovkalarga asosan belgilanib, kun davomida zaruriyatga ko‘ra o‘zgartirib borilishi mumkin.
«Odatda, xalqaro amaliyotda ham mahalliy valyuta birjasida sotuvda bo‘lmagan ayrim davlatlarning valyutalari bo‘yicha hisob va ayirboshlashdagi kurs ushbu davlatlarning Markaziy banklari yoki xalqaro platformalarda e’lon qilayotgan joriy kotirovkalar asosida belgilanadi.
Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda shubhali spekulyativ transchegaraviy sxemalar yordamida rublni ayirboshlash (shu jumladan, “qora bozor”da) orqali 30 foizgacha daromad olish mumkinligi bildirilmoqda.
Yuqoridagi fikrlar mantiqan gepotetik shakllarda to‘g‘ri bo‘lishi mumkin bo‘lsa-da, amalda O‘zbekistondagi ichki valyuta bozoridagi real holat buni inkor etmoqda. Xususan, oxirgi paytda tijorat banklari tomonidan aholiga rubl sotuvi ulardan xarid qilingan miqdorlardan qariyb 10 barobar ko‘p.
Bundan tashqari, O‘zbekistonda jismoniy shaxslar tomonidan xorijiy valyutani (naqd va naqdsiz shaklda) olib kirish va olib chiqish bo‘yicha maxsus tartib o‘rnatilgan bo‘lib, ushbu tartib ichki valyuta bozoriga keskin ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan miqdorlarda pul oqimlarining vujudga kelishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Markaziy bank mavjud vaziyatni doimiy onlayn ravishda kuzatib bormoqda va zarur hollarda aholi manfaatlarini hamda milliy valyuta va bank tizimi barqarorligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilishini ta’minlaydi», – deyiladi bayonotda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi