Asosiy hamkor davlatlarda kuzatilayotgan iqtisodiy vaziyat, ularning valyuta kurslaridagi keskin tebranishlar, jahon xom ashyo va energiya bozorlarida narxlarning o‘sishi makroiqtisodiy jihatdan noaniqliklar va xatarlarni oshirmoqda. Bu haqda Markaziy bankning hisobotidan ma’lum bo‘ldi.
O‘zbekiston hududlarida mart oyining birinchi yarmida eng ko‘p iste’mol qilinadigan tovar narxlari 0,6 foizga oshdi. Oziq-ovqat mahsulotlari 0,8 foizga, nooziq-ovqat tovarlari 0,4 foizga va xizmatlar 0,2 foizga o‘sgan.
2022 yil fevral oyi so‘rovlari natijalariga ko‘ra, kelgusi 12 oy uchun aholining inflyatsion kutilmalari 14,0 foizni tashkil etdi. Tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari esa o‘tgan oyga nisbatan 0,3 foiz bandga ortib, 14,6 foizgacha oshdi.
Jahon bozorida asosiy oziq-ovqat tovarlari va energiya resurslari narxlarining sezilarli darajada o‘sayotganligi, tashqi taklifning qisqarishi va geografik jihatdan o‘zgarishi, iste’mol tovarlari importida logistika bilan bog‘liq masalalar yil so‘ngiga qadar ichki narxlarga qo‘shimcha bosimni yuzaga keltirish ehtimollari oshmoqda.
Bu borada hukumat bilan birgalikda ichki bozorda mahsulotlar taklifini ko‘paytirib borish, logistika bilan bog‘liq masalalarni hal etish, muqobil import yo‘nalishlari orqali iste’mol tovarlariga bo‘lgan talabni qondirish va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan uzulishlarni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rib borilishi aytilgan.
Shuningdek, asosiy stavkani oshirish va valyuta bozorini barqarorlashtirish bo‘yicha kurilayotgan javob choralari kelgusida inflyatsion kutilmalarni jilovlash va aholining milliy valyutadagi daromadlari xarid qobilyatini saqlab qolishga ham xizmat qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi