Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning mamlakatimizga tashrifi doirasida yana bir muhim voqea – Toshkent viloyatida zamonaviy issiqlik elektr stansiyasini ishga tushirish hamda Sirdaryo viloyatida shunday stansiya qurilishini boshlash marosimi bo‘ldi. Ushbu loyihalar Turkiyaning «Cengiz Enerji» kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev marosimda nutq so‘zlar ekan, loyihalarning ahamiyatiga to‘xtaldi, ushbu majmualar O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik samaralarining yorqin ifodasi ekanini ta’kidladi. Oxirgi bir yilning o‘zida turkiyalik kompaniyalar bilan birgalikda O‘zbekistonning jadal rivojlanayotgan iqtisodiyoti uchun juda muhim bo‘lgan 5 ta yirik energetika loyihalari amalga oshilgani alohida qayd etildi. Xususan, ushbu stansiyalarning umumiy quvvati bugungi loyihalar bilan qo‘shib hisoblaganda 1,4 ming megavattga yetadi.
O‘zbekiston energetika tarmog‘ini modernizatsiya qilish natijasida 2026 yilgacha davlat-xususiy sheriklik asosida umumiy qiymati 12 milliard dollarlik 29 ta loyiha ishga tushirilishi ta’kidlandi. Ular qo‘shimcha 71 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini yaratadi, yiliga 12 milliard kub metr tabiiy gaz tejaladi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlatimiz rahbari elektr stansiyasini bunyod etishda qatnashgan muhandis va quruvchilarga minnatdorlik bildirdi. So‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Rejep Tayyip Erdog‘an ramziy tugmani bosib, Qibray tumanidagi issiqlik elektr stansiyasini ishga tushirdi va Xovos tumanidagi issiqlik elektr stansiyasi qurilishini boshlab berdilar.
Qibraydagi IES quvvati 240 megavatt bo‘lib, yiliga 2 milliard kilovatt-soat energiya ishlab chiqaradi.
Xovos tumanidagi yangi issiqlik elektr stansiyasi 220 megavatt quvvatga ega, unda yiliga 1 milliard 700 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Samarqandda voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi ushlandi
Jaloliddin Masharipov: "Qatar ustidan g‘alaba qozonsak, Jahon chempionati masalasini 90 foizga hal etamiz"
AQSHda Tramp siyosatidan qochmoqchi bo‘lganlarga 4 yillik sayohat taklif qilindi