Foto: Bloomberg
World Gold Council jahon bozoridagi oltin oldi-sotdisi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy banki 2022 yilning fevral oyida 22 tonna oltin sotib, dunyoda eng ko‘p oltin sotgan davlatlar orasida yetakchilik qilgan.
«Fevral oyida O‘zbekiston 22 tonna oltin sotib, o‘z zaxiralarini 339 tonnagacha kamaytirdi. Bu 2020 yil dekabr oyidan keyingi eng past ko‘rsatkich hisoblanadi. Shunday bo‘lsa-da, mamlakat zaxira aktivlarining 59 foizi hali ham oltin hissasiga to‘g‘ri keladi», deyiladi World Gold Council sharhida.
Oltin sotuvi bo‘yicha keyingi o‘rinlarda Qatar (6 tonna), Qozog‘iston (5 tonna), Mo‘g‘uliston (1 tonna) va Germaniya (1 tonna) Markaziy banklari qayd etilgan.
O‘z navbatida, Turkiya 25 tonna oltin sotib olib, zaxirasini 429 tonnaga yetkazdi. Hindiston esa qo‘shimcha 2,7 tonna oltin xarid qilgan va umumiy oltin zaxiralari 758 tonnaga yetdi.
Irlandiya (1 tonna) ham oy davomida yirik xaridlarni amalga oshirgan va o‘z zaxiralarini 11 tonnaga yetkazgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 2019 yilda 4,9 milliard dollarlik, 2020 yilda 5,8 milliard dollarlik, 2021 yilda esa 4,1 milliard dollarlik oltin sotgan.
2022 yilning 1 mart holatiga ko‘ra, mamlakatning oltin-valyuta zaxiralari 35,36 mlrd dollarni tashkil qilgan. Zaxira aktivlari tarkibida oltinning fizik hajmi 10,9 mln troya unsiya, qiymati esa 20,72 mlrd dollar. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi