12:26 / 28.04.2022
1 619

Andijonda qo‘shmachilik qilish maqsadida voyaga yetmagan qizlarni uyida saqlagan ayol ushlandi

Andijonda qo‘shmachilik qilish maqsadida voyaga yetmagan qizlarni uyida saqlagan ayol ushlandi
Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida 15 aprel kuni qo‘shmachilik bilan shug‘ullanib kelayotgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, Andijon viloyati IIB Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Xo‘jaobod tumanida yashovchi ayol A.X. (1988 yilda tug‘ilgan) yashash xonadonida 2 nafar voyaga yetmagan qizlar A.S. va O‘.S.ni shahvoniy maqsadlarda foydalanish uchun saqlab kelgani aniqlangan. U qizlarni 500 ming so‘m evaziga mijoz bilan jinsiy aloqa qilishi uchun sharoit yaratib bergan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olingan.

Fuqaro A.X.dan kimyoviy ishlov berilgan pullar daliliy ashyo tariqasida xolislar ishtirokida olingan. Holat yuzasidan tergovga qadarli tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda qo‘shmachilik qilish maqsadida voyaga yetmagan qizlarni uyida saqlagan ayol ushlandi