
Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida uyining tomorqasida ko‘knori yetishtirayotgan shaxs aniqlandi, deb xabar beradi viloyat IIB axborot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, 16 aprel kuni tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida «O‘rta qishloq» MFYda yashovchi X.I.ning tomorqasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. Tekshiruv davomida fuqaro 4 kvadrat metr yer maydonida jami 100 tup ko‘knori giyohvandlik o‘simligini parvarishlab kelayotgani aniqlanib, tekshirib ko‘rishlik uchun ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Holat yuzasidan O‘zbekiston tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi (taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
«Hurmatli fuqarolar. Taqiqlangan ekinlarni ekmang va yetishtirmang. Ularni ekish va yetishtirish qonunga xilof hamda jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligini esdan chiqarmang», — deya ogohlantiradi idora. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar